So’nggi yangiliklar

00:20Росеньор "Челси" устози сифатида илк уй учрашувида "Арсенал"га қарши тўқнаш келиши ҳақида гапирди  0 00:07Бруну ва Магуайр жароҳатдан қутулиб, МЮ қайдномасига қайтишди  0 00:04АПЛ. "Бёрнли" – "Манчестер Юнайтед". Бошланғич таркиблар аниқ!  2 23:46АПЛ. "Фулхэм" – "Челси". Бошланғич таркиблар аниқ!  0 23:24АПЛ. "Манчестер Сити" – "Брайтон". Ҳусанов кутилганидек асосий таркибда!  9 23:19Жуд Беллингем: "Биз Хаби Алонсо биланмиз. Эртага реванш олишга ҳаракат қиламиз"  0 23:11Хаби Алонсо: "Эртанги ўйин 2:5 каби бўлмаслигига 100% аминман. Эртага бошқача тарих ёзилади"  1 23:03Испания Суперкубоги. "Барселона" ва "Атлетик" финал йўлида баҳс олиб боришмоқда.   6 22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  2 21:55Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"  16 21:25Микель Артета "Ливерпул"га қарши ўйин ҳақида: "Орамиздаги фарқ унча катта эмас, "Арсенал"нинг исботлайдиган нарсалари бор"  2 21:15"Реал" билан ўйиндан аввал Гризман машғулотга чиқмади!  1 20:55Флетчер МЮни бошқариш таклифи берилгани ҳақида: "Хаёлимга келган биринчи нарса Фергюсон билан гаплашиш эди"  7 20:55Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик  101 20:25Opta "Арсенал"нинг АПЛ чемпионлигини қўлга киритиш эҳтимоллигини ҳисоблаб чиқди  3

Finaldan oldingi matbuot anjumani. SHota Arveladze: "AGMK finalda o'ynashni yaxshi biladigan jamoa" Yangiliklar

Finaldan oldingi matbuot anjumani. SHota Arveladze: "AGMK finalda o'ynashni yaxshi biladigan jamoa"

O'zbekiston kubogi finalidan oldingi matbuot anjumanida "Paxtakor" bosh murabbiyi SHota Arveldaze va jamoa sardori Egor Krimec ishtirok etdi.

"Barchaga xayrli kun. Hammaga sog'liq tilayman. Qo'qondagi o'yindan keyin eng kuchli jamoalar yarim finalga etib kelganini aytgandim. Finalda ham shunday. Raqibimiz yaxshi jamoa. Avvalgi ikki finalda ham shu klub bilan to'qnash kelgandik. Mavsumni barqaror o'tkazdik deb o'ylayman. OCHLda ham yaxshi o'ynadik, afsuski finalga chiqa olmadik. Ammo ko'rsatgan o'yinimizdan qoniqdim. Ishonamanki "Paxtakor"da hali OCHL finaliga chiqish uchun ko'plab imkoniyatlar bo'ladi. Final qiyin va qiziqarli kechadi. Raqib finalda o'ynashni yaxshi biladigan jamoa", - deydi SHota Arveladze.



"O'ylashimcha hech kimga tushuntirish shartmas. Final bu final. CHempionat bahsi umuman boshqa. Yana bir hal qiluvchi bahsga etib kelganimizdan xursandman. Mavsumni sovrin bilan yuqori kayfiyatda yakunlash imkoniyatiga egamiz. Muxlislarga chiroyli va hujumkor o'yin namoyish etib berishga intilamiz. Vodiyda futbolni juda yoqtirishadi. Biz ularga xush keladigan o'yin ko'rsatishga urinamiz", - deydi Krimec.



"Ertaga albatta eng kuchli tarkibni maydonga tushiramiz. Ammo maydonga 11 nafar futbolchi o'ynay olmaydi. Bitta yo'qotish bor: Farruh Sayfiev diskvalifikaciya sababli o'ynay olmaydi", - deydi Arveladze.

"Finaldan keyin uyga uchib ketaman. Uzoq vaqtdan buyon uyimga borganim yo'q. O'z yaqinlarim bilan yangi yilni kutib olaman. Takliflar bo'lishi mumkin, ammo bayramni o'tkazib yana "Paxtakor"ga qaytaraman.

O'zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatiga chiqishi uchun nima etishmaydi? Futbolda imkon boricha yaxshi sharoitlarni yaxshi darajaga keltirib, barchasi doimiy o'sib borishiga urinish lozim. Aytaylik, maydon, yoritish tizimi yoki boshqa jihatlar bo'yicha muammolar bo'lmasligi kerak.

"Paxtakor" sovrin yutishdan zerikmadimi? Agar "Bavariya" murabbiyi oldida o'tirganingizda bunday savol bermagan bo'lardingiz, menimcha. Sovrinlarga ega chiqish doimo yoqimli. Biz bunga barqaror erishayotganimiz yanada xursandchilik beradi. Hech bir jamoa biror sovrindan keyin to'xtab qolishni xohlamaydi. Biz yangi-yangi g'alabalar uchun intilamiz.



"Paxtakor" safiga kelgan har bir o'yinchi yaxshi o'ynab keta olmasligi mumkin. Butun dunyoda shunday. Yaxshi futbolchilar kuchliroq klublarga o'tishadi. Tarkibimizda o'zimizdan chiqqan tarbiyalanuvchilar ko'p. Krimec, Masharipov, Sergeev, Anzur Ismoilov, Alijonov, Kozak, Sobirjonov, Erkinov, Sidiqov. Qolaversa, legionerlarni ortiqcha jalb etmay mahalliy futbolchilarni xarid qilyapmiz. Bu esa pullar o'zbek futbolida qoladi degani.

Ertaga stadionga kelgan muxlislar qaysi klubga ko'proq muxlislik qilishadi? O'zingiz ham javobini bilasizku. Namanganlik muxlislar negadir "Paxtakor"ga hech qachon va hech qaerda muxlislik qilishmaydi. Nega bundayligini bilmayman. Agar nimadir o'zgargan bo'lsa va ertaga bizga muxlislik qilishsa xursand bo'lardim", - deydi "Paxtakor" bosh murabbiyi.

"SHu erda kichik to'ldirish berishni xohlardim. "Paxtakor"da hamma ham yaxshi o'ynab keta olmaydi. Bosimga chidash oson emas. SHunga dosh berganlar juda yaxshi o'ynab ketishgan",  - deydi Krimec. 


Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика