So’nggi yangiliklar

14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  5 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  4 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  2 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  0 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  7 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  4 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  9 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  6 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  10 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0 01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  1

Finalda o'ynaydigan futbolchilarga jiddiy savol Yangiliklar

Finalda o'ynaydigan futbolchilarga jiddiy savol

Uyg'onish davri? Bilmadim, bo'lsa bordir. Futbolchilarga qattiqroq turilsa, tezroq, ishonchliroq yugurayotgandek ko'rinarkan. Har holda har doim ham finalda o'ynamaymiz.

Jamoa etilib turgandi, ularda chempionlik uchun imkoniyat degan narsa realroqdek edi. Vetnamni Ravshan Haydarov maydonga tushsa ham yutishimiz mumkin (biroq maydon shunday narsaki, unda hamma narsa bo'ladi, balki vetnamliklar murabbiyi tushganda ham Vetam yutib ketar demoqchiman). Gap bunda emas. Gap tarkibdagi futbolchilarning kelajagida, o'rtoqlar.

Osiyo CHempionatida eng ko'p pas bergan futbolchi bu Odil (Ahmedov emas). Mana shu Odil eng kamida o'sha Ahmedovning o'rnini bosmasa, hisob emas. Biz Ahmedov “Arsenal”ga o'tarmikin deb yurgandik. Biroq u Buyuk Ipak Yo'li bo'yicha yurish qildi. Vaholanki Germaniya va Franciya klublari ham Odilni so'rayotgandi. SHunchaki Odil uchun agentlar so'ragan pulni Xitoyda to'lay olishardi (ularda odam ham, pul ham, muammo ham ko'p). Nima demoqchiman, Odil-u bizning istagimizgina emas, sahna ortida pul qiladiganlar ham katta rol o'ynaydi bazida.

Doston Hamdamov bir necha yillardan buyon buksovat qiladi, ammo “Bunyodkor”dan balandroqqa uchishi qiyin baribir. CHunki “Bunyodkor” ham yaxshi klub, arablarning bir nechtasidan kuchliroq. Siz Dostonning kelajagini qaerda ko'rasiz?

Aziz G'anievni Maksim SHackix so'rab yotibdi (Kievda mening yo'limni bosar shu deb o'ylagan bo'lsa bordir), Siddiqovni Qo'qonda qancha yaxshi ko'rishmasin, baribir u ham sobiq xonlikda qolib ketolmaydi, to'g'rimi? Termaga etib kela olmagan Eldor SHomurodov bor, Otabek SHukurov bor...

Nega bu mavzuga o'tib ketdim aytaymi, chunki aynan ular istaymizmi, yo'qmi Qatar—2022 saralashida asosiy figura bo'ladi. Agar ular ehtimoliy Geynrix yoki Sergeevni takrorlasa, Qatar bilan hozirdan xayrlashish mumkin. Planka kamida Odil, Maks, Server, Vityadir balki. Ammo unutmaylik, hatto ular ham yordam berolmagan vaqtlar bo'ldi. Mana endi hammamizga savol: bugunning yigitlari ulardan o'tadimi? Javobimiz “Ha” bo'lsa, umid bor, demak, ishlash kerak (biroq qachongacha biz ular uchun javob beramiz). Bu savolga ularning o'zi javob bersin (“Xudo xohlasa”, “vaqt ko'rsatadi” yoki “harakat qilaman” degan variantlar inobatga o'tmaydi. “Ha” yoki “yo'q”, tamom).

Muallif :
Reyting: +62   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика