"Finalda mag'lub bo'lish qanchalik alamli ekanini bilaman, lekin o'zingiz bilan faxrlaning" - Riberi
19 dek 2022 14:32
Yangiliklar


"Finalda mag'lub bo'lish qanchalik alamli ekanini bilaman, lekin o'zingiz bilan faxrlaning" - Riberi
Franciyalik sobiq hujumchi Frank Riberi JCH-2022 finalida Argentinaga (3:3, pen. – 2:4) mag'lub bo'lgan Franciya terma jamoasini qo'llab-quvvatladi.
"Jahon chempionati finaliga chiqish va g'alaba uchun oxirigacha kurashish – bu ajoyib ko'rsatkich. Finalda mag'lub bo'lish qanchalik alamli ekanini bilaman, lekin o'zingiz bilan faxrlaning. Kuchli bo'l!", – dedi Riberi.
Argentina terma jamoasi uchinchi marta jahon chempioni bo'ldi. Avvalroq argentinaliklar 1978 va 1986 yillarda ushbu musobaqada g'olib chiqishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar