So’nggi yangiliklar

21:08Гейнрихнинг сўнгги голи ва Абрамовни истеъфога чиқарган Ҳалатбори — Ўзбекистон терма жамоаси ЖЧ саралашининг сўнгги босқичларини қандай бошлаган?  0 20:49Ўзбекистон терма жамоасининг КХДР билан ўйиндан олдинги расмий машғулоти  1 20:10Ўзбекистон МТЖнинг КХДРга қарши ўйиндан олдинги аъло кайфиятда ўтган машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  5 19:42ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ КХДРга қарши оқ либосда ўйнайди  3 19:04Одилжон Ҳамробеков: "Ушбу учрашувлар қанчалик катта аҳамиятга эга эканлигини барча тушуниб турибди"  2 18:31"Лестер" судда ютиб чиқди ва очколарини сақлаб қолди  0 18:03Моуринью "Челси" юлдузини "Фенербахче"да кўрмоқчи  1 17:39ЖЧ-2014 қаҳрамони Португалия чемпионатига ўтди  0 17:10"Винисиуснинг ёнида Мбаппенинг техник имкониятлари чеклангани сезилиб қолмоқда"  6 16:39Айвен Тоуни "Ал Аҳли"да "Брентфорд"дагидан 10 баробар кўпроқ маош олади  2 16:11Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Хитойдаги халқаро турнирда Малайзияни мағлуб этди  6 15:54Тожикистон "Мердека кубоги"да Ливанга ютқазиб қўйди  23 15:12"Челси" собиқ футболчиси Санчо ҳақида: "Пул учун бўлмаса, нима учун?"  3 14:18Винисиус: "Вазият ўзгармаса, ЖЧ-2030ни Испаниядан олиб қўйиш керак"  23 13:45Сречко Катанец: "Бу ерда ким хўжайин эканлигини эртага кўрсатишимиз керак" (тўлиқ)  30

Final oldidan. "Maqtanchoqlik – mening uslubim emas". 2012 yil - tarixda qolgan Pirlo va Angliya to'qnashuvi (Jo Xartni "tinchitgan" panenka) Yangiliklar

Final oldidan. "Maqtanchoqlik – mening uslubim emas". 2012 yil - tarixda qolgan Pirlo va Angliya to'qnashuvi (Jo Xartni "tinchitgan" panenka)

O'shanda ham italiyaliklar EVRO finaliga etib borishgandi.

Italiya va Angliya Evro"da oxirgi marta 2012 yil to'qnash kelgan. CHorakfinalning asosiy vaqtida hisob ochilmagan va barchasi penaltilar seriyasida hal bo'lgandi. 

Dastlabki ikki zarbadan keyin italiyaliklar 1:2 hisobida ortda qolayotgandi – Montolivo imkoniyatidan unumli foydalana olmagan. Xart esa ruhan kuchga to'lgandi. SHu pallada to'p oldiga Pirlo keladi, Jo unga qarab kulimsirab turar va turgan joyining o'zida sakrab-sakrab qo'yardi.  

Andreaga bularning umuman farqi yo'q edi. U xotirjam kerak deb hisoblaganicha qadamlarni tashladi, tezlik oldi, did bilan (Panenka uslubida) to'pga zarba berdi va u darvoza to'riga borib tegishini tomosha qilib turdi. Xart raqibidan bu qadar sovuqqonlik va o'ziga nisbatan past nazar bilan qarashni kutmagan chog'i, beo'xshov harakati bilan o'zidan o'ng tomonga yiqilardi.


Panenkadan keyin Angliya o'ziga kela olmadi: Yang kuchli zarb bilan to'sinni nishonga oldi, Koulning zarbasidan keyin esa Buffon o'zini ko'rsatdi. SHu tariqa Italiya Evro-2012 yarim finaliga yo'l oldi.  

Pirlo esa o'sha Italiyaning asosiy figurasi edi 


Andrea Evro-2012 oldidan faoliyatidagi muhim "perezagruzkani" amalga oshirdi: "Yuve" bilan skudettoga ega chiqdi, mavsumning eng yaxshi assistenti bo'ldi va A Seriya mavsum ramziy termasidan joy oldi 

Agar Evropa chempionat  2011 yilda o'tkazilganda, Pirlo katta ehtimol musobaqada o'ynamasdi.

2010/11-yilgi mavsum "Milan" safida futbolchi uchun o'ta omadsiz bo'ldi. Bunga jarohatlar va Maks Allegri bilan bo'lgan munosabatlar sabab bo'ldi. Pirlo mavsum uchrashuvlarining yarmida ham maydonga tushmadi. "Milan" A Seriyada zafar quchdi, lekin Andrea tarkibdan tushib qoldi. Sportchi 32 yoshga qadam qo'ygan, "Milan" kelishuv muddatini uzaytirishni istamadi va xotirjam uni "Yuventus"ga qo'yib yubordi. 


"Andrea menga jamoamizga o'tayotganini aytganida, hayolimga kelgan birinchi fikr: "Yaratgan bor". Uning darajasidagi va imkoniyatlari ega o'yinchi... Uning erkin agentligini-ku aytmasa ham bo'laveradi. Menimcha bu asr transferi!" – hayratlangan Buffon. 

Konte qo'l ostidagi "Yuventus"da yarim himoyachi faoliyatidagi eng yaxshi mavsumlardan birini o'tkazadi. Pirlo yo'l-yo'lakay jamoa asosiy tarkibidan joyni kafolatlab qo'ydi, murabbiy uning uchun ideal poziciya topa oldi – Vidal va Markizioning o'rtasida, – ushbu nuqtadan Andrea hujumlarni rivojlantirishga yordam berardi. 

Pirloning o'sha mavsumdagi ustunligini statistika bilan tushuntirish juda oson: 100 ortiq yaratilgan imkoniyatlar, 2643 uzatma (A Seriyadagi eng yaqin taqibchidan "bor yo'g'i" 500 taga ko'proq), uzatmalar aniqligi – 86,8% (butun Evropada faqat Xavida bundan yaxshiroq ko'rsatkich). 

Italiya chempionatining 35 o'yinida u 3 ta gol urdi va 13 ta golli uzatma etkazib berdi. Pirlo bilan "Yuve" skudettoni qo'lga kiritdi. Bunday o'yinidan keyin uni tabiiyki chempionat ramziy termasiga ham kiritishdi. 

Pirlo Angliyaga qarshi ideal o'yin o'tkazdi (va butun Evro"da zo'r o'yin ko'rsatdi). Uning aytishicha inglizlar ECHL-2012 finalidagi "CHelsi" kabi o'ynashgan 

"Pirlo – daho. Badjo ikkisi Italiya futbolidagi so'nggi 25 yillikning buyuk iqtidorlari hisoblanadi", – Buffon Evro-2012"da elkama-elka harakat qilgan jamoadoshini shunday tariflagan

Andrea Evropa chempionatiga ideal sport formasida etib keladi. Hamda buni ilk daqiqalardan isbotlay boshladi. Birinchi tur Ispaniya (1:1)ga qarshi Pirlo Di Natalega golli uzatma etkazib berdi, Xorvatiya bilan ikkinchi turda jarima zarbasidan gol urdi, guruh bosqchichining oxirgi turida esa Irlandiya bilan o'yinda (2:0) yana bir assist. Guruh bosqichining uch uchrashuvidan ikkitasida uni "Eng yaxshi" deb topishdi.


CHorakfinalda Angliya ro'baro keldi. Xodjson qo'l ostida inglizlar asosiy urg'uni mustahkam himoyaga qaratishgan, shuning uchun yorqin futbolni kutishga xojat yo'q edi. Jamoalar ilk daqiqalardanoq xavfli vaziyatlar yaratishdi, ammo dastlabki 45 daqiqada boshqa arzirli vaziyat bo'lmadi.

Angliya termasi sobiq futbolchisi Kris Uoddl shunda ham Pirloni hech kim qo'riqlamayotganidan norozi bo'lardi: "Hech kim Andreani yopmayapti, Pirlo esa tinmay Balotelli va Kassanoga uzatmalarni amalga oshirishga harakat qilmoqda. Bunday raqib bilan himoya chizig'i muntazam ravishda baland o'ynay olmaydi".

Tanaffusdan keyin Italiya to'liq ustunlikka ega bo'ldi. "Ikkinchi bo'limdagi o'yinni tomosha qilarkansiz, jamoalar darajasidagi farq inglizlar uchun o'ta uyatli edi", – derdi "Liverpul" sobiq futbolchisi Alan Xansen

O'yin oxirgi daqiqalarida hamda gol baribir urilmagan overtaymda ham Italiya yaqqol ustunlikka ega bo'lsada, to'p darvozaga bormadi. Qo'shimcha taymlarni qo'shib hisoblasa italiyaliklar darvoza tomon 47 marta zarba berdi, ulardan 20 tasi – mo'ljalga aniq bordi. Angliyada esa 12 ta zarba va ularning uchdan bir qismigina mo'ljalga aniq bordi. 

Bu erda shuningdek Pirloning samarali o'yinini ham takidlab o'tish lozim. Angliya bilan bellashuvda u 131 ta aniq uzatmani amalga oshirdi – inglizlarning barcha yarim himoyachilarining uzatmalarini qo'shgandan ham ko'proq. Bu Evropa chempionatlari tarixidagi ikkinchi ko'rsatkich hisoblanadi. 



Andreaning o'ziga raqib o'yin uslubi yoqmaydi: "Angliya juda ehtiyotkor va hisob-kitobli o'yin ko'rsatdi. Ular chuqur himoyaga joylashib olishdi, ECHL finalida "CHelsi" "Bavariya"ga qarshi shunday o'ynagandi. Ular uchun penaltining o'ziyoq yaxshi natija edi".

Panenka tarixi: bu maqtanchoqlik emas, oxirgi pallada bunday zarbani o'ylab qoldim

Montolivoning penaltilar seriyasidagi xatosidan keyin, Angliya kutilmaganda ustunlikka ega bo'ldi. Ammo Pirlo barchasini o'zgartirib yubordi.

"Darvozabon g'alati harakatlar qilayotganiga etibor berdim, kerakli pallani kutib, u joyidan qo'zg'alishi bilan zarbani amalga oshirdim. Aynan o'sha lahzada to'pni biroz havoga ko'tarib, to'pni yo'llash qulayroq edi", – deydi u.

Avtobiografiyasida Andrea Panenka haqida batafsilroq aytib o'tgan. "Yugurishni boshlaganimda ham qanday zarba berish haqida bir qarorga kelmagandim. SHunda darvozabon qimirladi. Bu shunchaki improvizaciya, avvaldan o'ylangan reja emas. Men tomondan maqtanchoqlik bo'lmagan – bu mening uslubim emas". 

SHunday bo'lsada, Pirlo o'zining "panenkasi" raqibni ruhan sindirishga yordam berganini tan oladi. "Ha, bu o'yin borishini o'zgartirdi. Xart o'ziga juda ishonch bilan harakatlanardi va bunday gol ruhan zarba bo'ldi. Uni engish uchun nostandart harakat kerak edi. Penalti – juda ham shaxsiy ish". 




Yarim finalda Germaniyaga qarshi o'yin (2:1)da Pirlo yana yuqori saviyadagi uchrashuv o'tkazdi – misol uchun Balotelli hisobni ochgan hujumni aynan Andrea boshlab bergandi.

Evro-2012 "Eng yaxshi futbolchisi" nomiga Pirlo va Inesta davogarlik qilardi (finalgacha ularning har ikkisi uch martadan o'yinning eng yaxshi futbolchilari deb topilgandi), biroq barchasi o'zaro to'qnashuvda hal bo'ldi. Italiya yirik hisobda Ispaniyaga (0:4) yutqazib qo'ydi.



Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика