Filippo Inzagi rahbariyatni tanqid qildi va "Benevento"dan ketdi
24 may 2021 11:47
Yangiliklar
Filippo Inzagi rahbariyatni tanqid qildi va "Benevento"dan ketdi
Italiya A Seriyasi so'nggi tur doirasidagi "Torino" (1:1)ga qarshi o'yindan so'ng "Benevento" bosh murabbiyi Filippo Inzagi o'z lavozimini tark etishini aytdi.
Yosh mutaxassis klub rahbariyatini ham tanqid qildi.
"Yutgan paytishimiz birga bo'ldik, yutqazganimizda esa o'zimni yolg'iz his qildim. Ular hatto mening "Krotone"ga qarshi o'yinning so'nggi 5 daqiqasini ko'rmaganim uchun ayblab, bu borada rasmiy bayonot ham qilishdi.
Men yolg'onni qabul qila olmayman, o'sish muhim, mag'lubiyatdan so'ng ham. Men xafaman. Biz shtabimiz bilan birgalikda kuniga 10 soat ishladik.
Klubdan ketamanmi? Ha, menda javobgarlik bor. Ammo, boshni tik tutgan holatda ketyapman", - deydi Inzagi.
Fikrlar