Filippo Inzagi: "Milan" "Bavariya"dan o'rnak olishi lozim"
19 dek 2014 01:33
Yangiliklar


Filippo Inzagi: "Milan" "Bavariya"dan o'rnak olishi lozim"
"Milan" bosh murabbiyi Filippo Inzagi Myunxenning "Bavariya" jamoasidan o'rnak olishlari kerakligini takidlab o'tdi.
"Bavariya" bizga o'rnak bo'lishi zarur. Yaqinda gazetada Frank Riberining intervyusini o'qib qoldim. Riberi aytganki, Xosep Gvardiola uchrashuv davomida futbolchilar 10 xil taktikada o'ynashlarini talab etarkan. Bu juda yaxshi g'oya. Agarda "Milan" muvaffaqiyat qozonmoqchi bo'lsa, unda aynan shu narsaga biz ham katta etibor qaratishimiz lozim.

Fikrlar