So’nggi yangiliklar

23:05Расман: Карлуш Кейруш ЖЧ-2026 саралашининг сўнгги босқичида иштирок этувчи Осиё жамоасини бошқаради  1 22:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  0 22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчи "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  10 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:38"Ливерпуль" Исакни қўлга киритиш йўлидаги ҳаракатини тўхтатмаяпти  9 19:10Туанзебе "Манчестер Юнайтед"ни судга берди  0 18:42"Милан" таркибни швейцариялик ҳужумни билан тўлдирмоқчи   0 18:15Каррерас: "Реал"ни бола сифатида тарк этиб, эркак бўлиб қайтдим"  5 17:49Сардор Рашидов катта футболга қайтди  21 17:40Аббос Файзуллаев Туркияга йўл олишга яқин   16

Filippin sardori: “Tarkibimizda O'zbekistonga qarshi munosib o'ynay oladigan futbolchilar etarli” Yangiliklar

Filippin sardori: “Tarkibimizda O'zbekistonga qarshi munosib o'ynay oladigan futbolchilar etarli”

Filippin terma jamoasi sardori - Fil Yanghazbend Jahon chempionati saralashining keyingi o'yinlari haqida, xususan O'zbekiston terma jamoasiga qarshi o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Bu haqida “Philstar” nashri xabar bermoqda.

“H” guruhida o'tkazilgan ikki turdan keyin Filippin terma jamoasi SHimoliy Koreya bilan bir xil - 6 ochko to'plagan holda ikkinchi o'rinni egallab turibdi.

“O'zbekistonga qarshi biz Baxrayn va Yamanga qarshi ko'rsatganimizdan ko'ra kuchliroq o'yin namoyish etishimiz kerak bo'ladi”, deydi Angliyaning “CHelsi” klubi akademiyasi tarbiyalanuvchisi.

“O'zbekiston terma jamoasi tashrif buyurar ekan, aniqki, bu juda yuqori darajadagi o'yin bo'ladi. SHuning uchun hammamiz yanada yaxshiroq o'ynashimiz kerakligini bilib turibmiz. Biroq, menimcha, bizning jamoada raqibimiz tarkibidagi futbolchilarga qarshi munosib o'yin ko'rsata oladigan futbolchilar etarli”, deya o'z fikrini yakunladi “Loyola Meralco Sparks” klubida faoliyat olib borayotgan va u erda o'tkazgan 50 o'yinida 56ta gol urgan hujumchi.

Takidlash joizki, Fil Yanghazbend Filippin terma jamoasining hujum chizig'idagi eng yaxshi futbolchisi hisoblanadi. U shu vaqtga qadar mamlakat asosiy jamoasi safida 70 o'yinda maydonga tushib, 42 bor raqiblar darvozasini ishg'ol eta olgan.

Eslatib o'tamiz, Filippin avvalgi ikki turda Baxraynni 2:1 va Yamanni 2:0 hisobida mag'lub etgan.

O'zbekiston terma jamoasining Filippinga qarshi safardagi o'yini 8 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика