Filippin - O'zbekiston uchrashuvi Bokayu Siti shahrida bo'lib o'tadi
06 sen 2015 11:27
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/181750_original.jpg)
![](/upload/storage/181750_220.jpg)
Filippin - O'zbekiston uchrashuvi Bokayu Siti shahrida bo'lib o'tadi
Filippin poytaxtiga yo'l olish oldidan jamoa to'rtinchi va beshinchi sentyabr kunlarida Toshkentdagi “Jar” stadionida mashg'ulotlar o'tkazdi.
O'zbekiston terma jamoasining Yamanga qarshi elon qilingan 23 nafar futbolchidan iborat ro'yxatidan Filippinga qarshi o'yinga yo'l olgan tarkibda birgina o'zgarish bor. Jamoa yarim himoyachisi Fozil Musaev oilaviy sabablarga ko'ra Manilaga uchmaydigan bo'ldi. Saralashning 3-turi doirasidagi Yamanga qarshi uchrashuvda diskvalifikaciya sabab jamoaga yordam bera olmagan Azizbek Haydarov esa Filippinga qarshi o'yinda maydonga tusha oladi va u jamoa bilan safarga yo'l oldi.
Eslatib o'tish kerakki, 7 sentyabrda Filippin va O'zbekiston terma jamoalari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tadi. Filippin – O'zbekiston uchrashuvi 8 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 17:00 da Bokayu Siti shahrida o'tkaziladi. 8 sentyabr kuni, shuningdek, Dohada Yaman terma jamoasi Bahrayn terma jamoasiga qarshi 4-tur uchrashuvini o'tkazadi. SHimoliy Koreya terma jamoasi 4-turda dam oladi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar