So’nggi yangiliklar

01:50Жавоҳир Сиддиқов: "Насаф" доимий соврин ютмоқда, бу ҳам ёқимли ҳолат"  0 01:32Илҳом Абдуғаниев: "Биргина пенальти барчасини ҳал қилди"  0 01:10Максим Шацких: "Насаф"дан қўрққанимиз йўқ. Истасангиз мени Хави деб атанг, менга фарқи йўқ"  0 00:42Усмонали Исмоналиев: "Иккинчи бўлимда ҳакамлар қандай ишлаганини тушунмадик. Пенальти йўқ эди"  12 00:27Рўзиқул Бердиев: "Биз Суперкубок ва Кубокда хет-трик қилибмиз-ку. Роналду катта эҳтимол билан бизни сотиб олса керак, биз уни эмас"  2 00:14Расман: "Барселона" ва Ямал шартномани узайтирди  1 23:44Абдувоҳид Неъматов: "Кимдир имконият берганида балки, пенальтини тепган бўлардим"  1 23:30Ўзбекистон Суперкубоги. "Насаф" - "Андижон" 1:0  0 23:15Бектемир Абдуманнонов: "Омад биз томонда бўлмади"  7 22:55Шерзод Насруллаев: "Бу ҳали бошланиши, бундай ғалабалар кўпроқ бўлишига ҳаракат қиламиз"  12 22:24Ҳусайн Норчаев: "Совринни ота-онамга бағишлайман"  8 21:55Иско финал олдидан қандай фикрда?  0 21:38"Насаф" - 2025 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби!  234 20:51Симоне Инзаги "Олтин тўп"ни ким олиши кераклигини айтди  10 20:29"Барселона" Шенсни бўйича қарор қабул қилди  3

Filippe Koutino: Muxlislar stadionga biz uchun kelishadi Yangiliklar

Filippe Koutino: Muxlislar stadionga biz uchun kelishadi

Braziliyalik yarim himoyachi Filippe Koutino Liverpulning etakchi futbolchilaridan biriga aylanib ulgurgan.
Yaqinda u Liverpul Echo nashriga intervyu berdi. Quyida ana shu suhbatni o'qishingiz mumkin.

- Eng esda qolarli golingiz qaysi?

- Birortasini alohida ko'rsatish qiyin. SHuningdek, gol urgan vaziyat­dagi hissiyotlarni ham tushuntirib berish mushkul. Lekin tanlashim kerak bo'lsa, Old Traffordda Evropa Ligasidan o'rin olgan Manchester Yunaytedga qarshi uchrashuvdagi golimni tanlayman. Bu voqea o'yinning muhim paytida yuz bergandi. SHu tariqa azaliy raqib bilan bo'lgan bahsda tashabbus biz tomonga og'ib ketgan va ikki uchrashuv natijasiga ko'ra keyingi bosqichga yo'l olgandik. O'sha o'yinni rafiqam stadionda tomosha qilgandi. Ikkinchi bo'limda muxlislar tinmay ismimni aytib hayqirib turishgandi. Buni eshitish qanday yoqimli.

- O'tgan mavsum raqiblar darvozasini 12 marta ishg'ol qilgandingiz. Hozirgi maqsadlar qanday? Ayni payt to'rtta gol bilan jamoa to'purari bo'lib turibsiz. Umuman olganda, mersisaydliklar safida 152 uchrashuvda 32ta to'p kiritgansiz.

- Balki hozir to'purardirman. Ammo shuni aniq bilamanki, bundanda yaxshiroq o'ynashga qodirman. Bu - boshlanishi. Hamisha o'sish va harakatlarimni yaxshilashga urinaman. Jamoa uchun muhim o'yinchi bo'lishni istayman. SHu bilan birga, Liverpulning yuqori marralarni zabt etishida yordam bermoqchiman.

- Yanvarda Interdan o'tganingizga to'rt yil to'ladi. O'shanda liverpulliklar siz uchun 8,5 million funt sterling to'lashgandi. So'nggi paytlarda PSJ yoki Barselonaga o'tishingiz haqida gap-so'zlar yuribdi. Vaholanki, shartnomangiz 2020 yilga qadar tuzilgan.


- Liverpulda o'zimni uyimdagidek his qilaman. Bu erda baxtliman. Nafaqat klubda, balki shaharda ham o'zimni yaxshi sezaman. Liverpul - ajoyib shahar. Turmush o'rtog'im bilan kino va restoranlarga doimiy ravishda borib turamiz.

- Jamoa muxlislari haqida qanday fikrdasiz?


- Ishqibozlar haqiqatan ham ajo­yib. Ular nomimni aytib kuylashganda rohatlanaman. Muxlislar o'zimizga bo'lgan ishonchni oshirishimizda yordam berishadi, stadionga biz uchun kelishadi.

- 18 yoshli bolakay uchun Rio-de-Janeyroni tark etib, Inter azosiga aylanishi qanchalik muhim edi?


- Hamisha Ayne yonimda bo'lgan. U bilan tanishganimizda 14 yoshda edim. Ayni payt gol ursam rafiqamni tribunada qidiraman. Uning men uchun qanchalik kerakli inson ekanligini so'z bilan tariflab bera olmayman. Qaerda bo'lsam, hamisha birgamiz. Ayne men uchun Braziliyadagi hamma narsasidan voz kechdi va yonimga keldi. Doimo uning qo'llashini his qilaman. Men uchun qilgan ishlari tufayli Aynedan umrbod minnatdorman. Agar o'yinim qovushmasa doimo xafa yuraman. Turmush o'rtog'im esa kayfiyatimni ko'tarishga harakat qiladi. Barcha muvaffaqiyatlarimni oilamga bag'ishlayman.


JA'FARALI tayyorladi


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика