Filipp Lam: "Ustunligimiz katta emas"
20 fev 2014 20:30
Yangiliklar


Filipp Lam: "Ustunligimiz katta emas"
"Bavariya" sardori Filipp Lam CHempionlar Ligasi 1/8 finali doirasidagi "Arsenal"ga qarshi o'yin haqida gapirib o'tdi.
"Arsenal" o'yinni juda kuchli boshladi. Biroq biz bunga tayyor edik. Birinchi bo'limning o'rtalarida "Bavariya" o'yin tizginini qo'lga oldi va to'pni o'z boshqaruvi ostida ushlab turdi. Oqibatda biz o'zimizga kerakli natijani qo'lga kirita oldik. Biroq ushbu ustunlik u qadar katta emas. Oldinda javob uchrashuvi bor", dedi Lam.

Fikrlar