Filipp Lam: “Italiyadan qasos olmoqchi emasmiz”
15 noy 2013 15:34
Yangiliklar


Filipp Lam: “Italiyadan qasos olmoqchi emasmiz”
Germaniya terma jamoasi himoyachisi Filipp Lam, Italiya terma jamoasiga qarshi o'tkaziladigan o'rtoqlik uchrashuvi, oldingi yirik musobaqalardagi o'yinlar bilan bog'liq bo'lmasligini aytib o'tdi.
“Italiyadan qasos olmoqchi emasmiz, o'tmishni baribir o'zgartirib bo'lmaydi. Albatta biz hech qachon Italiyani katta musobaqalarda mag'lub eta olmaganmiz. Ammo bu futbol. Endi biz faqatgina oldinga qarab intilishimiz va bo'lajak o'yinlarda g'alaba qozonishimiz kerak.
Fikrimcha jahon chempionati boshlanishidan oldin qaysi poziciyada o'ynashimni aniqlab olganman. Har bir o'yinchi o'z o'rni uchun javob berishi kerak. Biroq faoliyatim davomida har qanday poziciyada ham o'ynay olishimni isbotlaganman”, - deydi Lam.

Fikrlar