Filipp Lam endi oltinchi
16 noy 2013 18:27
Yangiliklar


Filipp Lam endi oltinchi
Germaniya terma jamoasining sardori Filipp Lam kecha bo'lib o'tgan Italiyaga qarshi bahsda bundestim tarkibida 104 marta maydonga chiqdi.
Bu borada u o'tkazgan o'yinlari soni jihatidan Franc Bekkenbauerga tenglashib oldi.
Eng ko'p maydonga tushish borasida yaqqol etakchi – Lotar Matteus sanaladi. Matteus umumiy xisobda 150ta uchrashuvda bundestim uchun harakat qilgan. Miroslav Kloze hisobida 130ta uchrashuv mavjud va u bu borada ikkinchi. Lukas Podolski 111 o'yinda ishtirok etgan bo'lsa, Yurgen Klinsmann 108, Yurgen Koler 105ta bahsda maydonga tushishgan. Endi Lamm ham 104ta uchrashuv bilan afsonaviy Bekkenbauerga etib oldi. Germaniya terma jamoasi safida ko'p o'yin o'tkazgan o'yinchilar orasida yaqindagina jarohatlangan Bastian SHvaynshtayger ham bor. U roppa rosa 100ta bahsda ishtirok etgan.

Fikrlar