So’nggi yangiliklar

09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  0 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  1 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  6 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  0 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  5 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  9 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  29 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  31 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  4 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  1 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1 00:30Расман: Дилшод Аҳмадалиев – "Бунёдкор" футболчиси!  0

Filip Rayevac - mart oyining eng yaxshi futbolchisi Yangiliklar

Filip Rayevac - mart oyining eng yaxshi futbolchisi

Mart oyi laureatlarini elon qilishda davom etamiz. Navbat oy futbolchisiga etib keldi.

CHempionatimizning dastlabki oyida "Qo'qon-1912" jamoasi legioner hujumchisi Filip Rayevac juda ham foydali o'yin namoyish eta oldi.


Bu yil oliy ligada debyutini o'tkazayotgan Rayevac dastlabki 4ta turda raqiblari darvozasiga uchta gol urishga muvaffaq bo'ldi. U faqat ilk turda "Nasaf"ga qarshi bahsda gol ura olmadi xolos. O'sha bahsda u zaxiradan o'yinga qo'shilgan edi.

Ikkinchi turda qo'qonliklar Toshkentda "Obod" mehmoni bo'lishdi. "Jar"da kechgan uchrashuvda Filip O'zbekiston chempionatidagi o'zining birinchi golini urishga muvaffaq bo'ldi. O'sha kuni No'mon Hasanov shogirdlari bir ochko bilan uylariga qaytishdi.

Keyin "Qo'qon-1912" o'z maydonida "Qizilqum"ni qabul qildi. O'tgan mavsum vodiy klublarining barchasini safarda mag'lub etib ketgan "Qizilqum"ga qarshi uchrashuv taqdirini aynan Rayevacning kiritgan to'pi hal qildi - 1:0.

Farg'onada "Neftchi" bilan bo'lgan vodiy derbisida ham hujumchi o'zini ko'rsata oldi. Aynan u 19-daqiqada sheriklari boshlab bergan hujumni samarali yakunlab hisobni ochgandi. Yakunda "Qo'qon-1912" ashaddiy raqibi ustidan 2:1 hisobida g'alabaga erishib qaytgandi.

championat.asia talqiniga ko'ra mart oyining eng yaxshi futbolchisi deb "Qo'qon-1912" hujumchisi Filip Rayevac tan olindi.

Mart oyida shuningdek "Nasaf" hujumchisi Dragan CHeran, "Lokomotiv" vakili Marat Bikmaev, "Dinamo" yarim himoyachisi Akmal Bozorov kabi futbolchilar ham laureat bo'lishga loyiq o'yin namoyish etishdi.

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика