So’nggi yangiliklar

07:40Криштиану Роналду: "Бу аллақачон ўтмиш"  0 04:34"Манчестер Сити" — "Ал Ҳилол". Таркиблар маълум  17 02:00КЖЧ. "Интер" Бразилия жамоасига мағлуб бўлди ва турнирни тарк этди  17 01:11Миржалол Қосимов: "Тўрт ўйиндан буён гол ура олмаяпмиз. Футболчиларга ортиқча босим қилиб юбордим, деган хаёл келди"  8 01:00Суперлига. Плетнёвнинг заргарона узатмасидан сўнг урилган гол "Сурхон"га ОКМК устидан ғалаба тақдим этди  1 00:56Февзи Давлетов: "Бизга бу ғалаба жуда керак эди"  3 00:25РПЛ-2025/26да фақат сардорларга ҳакамлар билан мулоқот қилишга рухсат берилиши мумкин. Бошқалар жазоланади  0 23:23"Астон Вилла" Рэшфорд, Асенсио ва Дисасиларнинг кетганини эълон қилди  1 22:54"Ювентус" тезроқ Влаховичдан қутилмоқчи, Душан эса йиллик маоши 20 млн. евро бўлган таклифни рад этди  1 22:15МЮ нархи 60 млн. фунт бўлган ҳужумчини сотиб олиши мумкин  1 22:00Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Сурхон"га енгилди  67 20:33"Реал" сардори жароҳатидан қутилди ва майдонга қайтишга тайёр  2 19:50"Реал" трансфер мақсадларининг биридан воз кечди  3 19:21"Ювентус" юлдуз ҳужумчиси учун бор-йўғи 20 млн сўрамоқда  5 18:44"Реал" Клублар ўртасидаги ЖЧдан кейин яна бир ҳимоячи билан шартнома имзолайди  5

Filip Rayevac: “Barchasi tibbiy ko'rikdan so'ng hal bo'ladi” Yangiliklar

Filip Rayevac: “Barchasi tibbiy ko'rikdan so'ng hal bo'ladi”

“Qo'qon-1912” jamoasi safida Serbiyalik hujumchi Filip Rayevac ko'rikdan o'tmoqda.

Hujumchi Farg'onada o'tayotgan “Viloyat Hokim Kubogi-2017” turnirida to'rtta o'yinda maydonga tushib beshta gol urishga erishdi. Biz Rayevacning jamoadagi dastlabki taassurotlari haqida suhbatga chorladik.

– Filip, O'zbekistonga birinchi tashrifingiz, mamlakatimiz haqidagi taassurotlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz.

– O'zbekiston haqida eshitganlarim ko'rganlarim oldida hech narsa emas ekan. Yurtingiz juda go'zal . Odamlari xushmuomala, tabiati chiroyli. Taomlaringiz juda mazali ekan. Ayniqsa, milliy taomlaringiz – osh menga judayam yoqdi. Eng asosiysi, O'zbekiston tinch ekan. Hatto yarim tunda ham ko'chada xotirjam sayr qilish mumkin ekan. SHunday mamlakatga kelganimdan g'oyat baxtiyorman.

– Jamoada sizni qanday qarshi olishdi? To'rtta o'yinda maydonga tushdingiz va beshta gol urdingiz. Jamoa yoqdimi ?


– Qo'qon klubida meni juda iliq kutib olishdi. Bu erda hamyurtlarim Darko va Nikola borligi uchun men o'zimni begona joyga kelganimni unchalik his qilmadim.

Jamoadagi barcha futbolchilar professional yigitlar ekan. Mahoratli va tez futbolchilar.  Barcha bilan juda yaxshi chiqishib ketdik. Buni natijasida beshta gol urdim. Jamoadoshlarim har o'yinda meni juda yaxshi paslar bilan taminlab turishdi. Barcha urgan gollarimda jamoadoshlarimning  hissalari katta. Agar ular meni qulay tarzda to'p bilan taminlashmaganida gol ura olmagan bo'lardim. Jamoaning har bir chizig'ida juda yaxshi futbolchilar bor.



– Bosh murabbiyga harakatlaringiz maqul keldimi ? Jamoada qolishingiz qachon hal bo'ladi?


– Bosh murabbiy va jamoa vice-prezidenti bilan gaplashdim. Ularga men ko'rsatgan o'yin maqul kelganini aytishdi. “Viloyat Hokim Kubogi-2017” turniridan so'ng Toshkent shahriga yo'l olaman. U erda tibbiy ko'rikdan o'tishim kerak. Barcha masala tibbiy ko'rikdan so'ng hal bo'ladi. Natijalar yaxshi bo'lsa albatta jamoa bilan shartnoma imzolayman.

– Siz bir qator Evropa jamoalarida to'p surgansiz. Qaysi jamoa hayotingizda eng yorqin iz qoldirgan ?


– SHu kunga qadar Polsha va Serbiyaning bir qator jamoalari safida to'p surdim. So'nggi jamoam Belgrad shahrining “OFK” jamoasi bo'ldi. “OFK” jamoasi Serbiya davlatining eng buyuk klublaridan biri. Bu jamoa katta tarixga ega. Jamoada Aleksandr Kolarov, Branislav Ivanovich  singari jahon darajasidagi futbolchilar to'p surishgan. SHunday jamoada o'ynaganimdan juda xursandman.

- “Qo'qon-1912”  jamoasi muxlislariga aytadigan gaplaringiz bormi ?


– Bilasizmi, menga Qo'qonda hammadan ko'p jamoaning muxlislari yoqdi. Ular ob-havoning sovuq bo'lishiga qaramay  bizning har bir o'yinlarimiz va mashg'ulotlarimizga kelishmoqda. Ularning olqishlarini ko'rish va eshitish  menga bir olam zavq bermoqda. Fursatdan foydalanib barcha muxlislarimizga rahmat aytmoqchiman. Ularni xursand qilish uchun borimni berib o'ynashga vada beraman.

“Qo'qon-1912” matbuot xizmati.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика