Figu: "Bu FIFA tarixidagi eng yomon kunlardan biri"
28 may 2015 11:41
Yangiliklar


Figu: "Bu FIFA tarixidagi eng yomon kunlardan biri"
FIFA prezidentligiga sobiq nomzod Luish Figu ushbu tashkilotda qo'lga olingan mansabdorlar haqida fikr bildirdi.
27 may kuni tongda FIFA vakillari korrupciyada ayblanib qo'lga olindi.
"Futbolni sevuvchi insonlar, bu sanani FIFA tarixidagi eng yomon kunlardan biri sifatida eslab qoladi. O'tgan haftada aytadigan so'zlarimni qaytaraman: Juma kuni Cyurixda bo'lib o'tadigan narsa - saylov emas. Saylovga ruhsat berish bu xato" - deydi Figu.

Fikrlar