So’nggi yangiliklar

00:44Сон Хён Мин "Тоттенхэм"ни тарк этиши ва Саудия клубига ўтиши мумкин?!  0 00:19Лука Модрич янги клуби билан қачон шартнома имзолайди?  0 23:44"Тоттенхэм" янги уй либосини тақдим этди  2 22:42Инзаги "Ал Ҳилол"да қанча маош олади?  2 22:07ПСЖ украиналик футболчини ўз сафига қўшиб олмоқчи, аммо...  0 21:32"Ал Ҳилол"га ўтишга рози бўлмаган Тео Эрнандес испан гранди сафига ўтиши мумкин  2 21:05Инзагининг ўрнига "Интер"га ким бош мураббий бўлади?  3 20:41Инзаги "Интер"ни тарк этди, унинг янги клуби ҳам маълум  8 20:15"Челси" А Сериядаги дарвозабон бўйича ишни бошлади  2 19:39Пенальтидаги “иккинчи тегиниш” қоидасига ўзгартиш киритилди   15 19:10Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Францияда машғулотларни давом эттирмоқда  2 18:40Ўртоқлик учрашуви. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Ҳиндистонни мағлуб этди  0 18:20Хвича Кварацхелия орден олади  2 18:00БАА таркибида Франция, Сербия ва тунислик футболчилар Ўзбекистонга қарши дебют қилиши мумкин  48 17:35МЮ тез орада Мбемо трансфери бўйича музокараларни бошлайди  2

FIFA.UZni o'rganamiz (yo'riqnoma) Yangiliklar

FIFA.UZni o'rganamiz (yo'riqnoma)

FIFA.UZ loyihasi ishga tushganidan beri ko'pchilikning Oliy liga, Evropa CHempionlar ligasi, Evropa kuchli beshlik chempionatlariga bo'lgan qiziqishi yanada ortdi.

12 mart kuni Oliy ligamizning navbatdagi mavsumiga start beriladi va bu musobaqa uchun FIFA.UZda jamoalar tuzish bir necha hafta oldin boshlab yuborilgan. Har kuni virtual futbol o'yinida (FIFA.UZ) ishtirok etmoqchi bo'layotganlar soni tobora ortib bormoqda. SHu sababli bu loyihada qanday ishtirok etish, ochko ishlash mumkinligi va qonun qoidalari borasida yo'riqnomani etiboringizga havola qilamiz.

Kirish yoki ro'yxatdan o'tish


Avvaliga FIFA.UZ saytiga o'tamiz. Agar mobil telefoningizdan bu saytga kirmoqchi bo'lsangiz, m.fifa.uz saytiga tashrif buyurasiz.


Ro'yxatdan o'tish uchun elektron pochtangizni yozib, pastroqdagi qatorlarga esa sirli so'z(parol)ingizni kiritasiz. Bu kiritgan malumotlaringizni eslab qoling, chunki har safar shu so'zlar orqali FIFA.UZga kira olishingiz mumkin.

Musobaqalar

Demak siz FIFA.UZda ro'yxatdan o'tdingiz. Kirish so'zining ostiga ro'yxatdan o'tish uchun ishlatgan elektron pochtangiz va sirli so'zingizni kiritasiz. O'z akkauntingizga kirganingizdan so'ng musobaqani tanlaysiz.


Siz o'zingiz istagan musobaqada jamoa tuzish uchun turnir tanlaysiz.


Biz tez orada O'zbekiston Oliy ligasi boshlanishini hisobga olib, milliy chempionatimizdan jamoa tuzishga qaror qildik. 

Jamoa tuzish va qonun qoidalar

Jamoa tuzish uchun futbolchi va darvozabonlarni tanlashni boshlaysiz. Sizga shartli 1000 mablag' beriladi.


Bu mablag'ga futbolchi sotib olasiz. Masalan, "Bunyodkor" yarim himoyachisi Sardor Rashidov 100 , "Nasaf" futbolchisi Artur Gevorkyan 95, "Paxtakor" yosh iqtidori Jamshid Iskanderov 90 turadi. Siz jamoangizga faqat 15 nafar futbolchi sotib olishingiz mumkin.


Ular 2 nafar darvozabon, 5 nafar himoyachi, 5 nafar yarim himoyachi va 3 nafar hujumchi bo'lishi kerak. Har bir turda 11 ta futbolchi asosiy tarkibda o'ynaydi, ular orasida 1 nafar darvozabon, 3 nafar himoyachi, 2 nafar yarim himoyachi va 1 nafar hujumchi bo'lishi shart. SHunday qilib, Sizning ixtiyoringizda 8 xil taktika mavjud: 5-4-1, 5-3-2, 5-2-3, 4-5-1, 4-4-2, 4-3-3, 3-5-2, 3-4-3. Taktikani o'zgartirish uchun boshqa poziciyadagi futbolchini o'rniga boshqa poziciyadagi futbolchini tushuring – taktika avtomatik ravishda o'zgaradi.


Siz har bir turdan oldin ko'proq ochko keltirishi mumkin bo'lgan 11 ta futbolchini asosiy tarkibga kiritasiz. Qolgan 4 ta futbolchi (3 ta o'yinchi + 1 darvozabon) zaxiradagi o'yinchi bo'lishadi. Agar asosiy tarkibingizdagi biron-bir futbolchi oliy liganing tur uchrashuvida maydonga tushmasa, huddi shu poziciyada zaxirangizdan o'rin olgan futbolchiga avtomat holatda o'zgartiriladi. SHu tariqa Sizning zaxira o'rindig'ingizdan joy olgan futbolchi jamoangizga ochko keltiradi.

Har bir tur oldidan Siz jamoaingizga sardor tanlaysiz. Sardoringizning yiqqan ochkolari 2 martaga ko'payadi. Agar sardoringiz turda maydonga tushmasa, uni o'rniga zaxiradan maydonga tushgan futbolchining ochkolari 2 martaga ko'paymaydi.

Masalan: asosiy tarkibingizdan o'rin olgan to'rt himoyachidan biri real futbolda maydonga tushmadi. SHunda zaxira ro'yhatingizdan o'rin olgan futbolchi maydonga tushgan bo'lsa, uning ochkolari qayd etiladi.

Siz o'z jamoangizga iloji boricha maydonda gol ura oladigan, yoki golli paslar ustasi bo'lgan futbolchilarni yig'ing. Nega deysizmi? Hozir tushuntirib beraman.

Ochkolar

Ko'rsatkichDarvozabonHimoyachiYarim himoyachiHujumchi
60 daqiqadan kam o'ynasa1111
60 va undan ko'p daqiqa o'ynasa2222
Golli pas3333
Gol6654
Quruq o'yin441
Qaytarilgan penalti5
Urilmagan penalti-2-2-2-2
O'tkazib yuborilgan har 2 ta gol uchun-1-1
Sariq kartochka-1-1-1-1
Qizil kartochka-3-3-3-3
Avtogol-2-2-2-2
Masalan, sizning barcha himoyachilaringiz o'z uchrashuvida 60 daqiqadan ko'proq o'ynab (+2), jamoa birorta ham gol o'tkazib yubormasa (+4), ularga 6 ochkodan beriladi, ammo o'sha futbolchining hisobida sariq kartochka bo'lsa, undan 1 ochko olib tashlanadi. Agar futbolchingiz gol ursa, yoki golli pas bersa teparoqda keltirilgan jadval asosida ochko to'playdi.

Jadval

Tur o'yinlari yakuniga etganidan so'ng, keyingi 24 soat ichida ochkolar hisoblanadi. Siz raqiblar ochkosi bilan tanishish uchun teparoqda turgan jadval bo'limiga kirasiz.


U erda o'z jamoangizni topish uchun qizilda ko'rsatilgan "MENING JAMOAMNI QIDIRISH"ni bosasiz va o'z jamoangizni osonlik bilan topib olasiz.

Transferlar

Xar tur yakunidan so'ng, o'z jamoangizga yangi futbolchilarni xarid qilishingiz mumkin, ammo transferlar soni cheklangan. Siz o'z jamoangizda bor-yo'g'i 2ta o'zgarish amalga oshira olasiz, ammo qo'shimcha imkoniyatdan (bu borada to'liq malumot pastroqda) foydalansangiz transferlaringiz soni 4ta bo'ladi.

QO'SHIMCHA IMKONIYATLAR (fishka)

Qo'shimcha imkoniyatlar (fishkalar) sizga ko'proq ochko ishlab olishga yordam beradi. Bu imkoniyatlar orqali siz 1000 mablag'ni 1200 gacha ko'paytirasiz, bir jamoadan futbolchi sonini 1 nafar futbolchiga orttirasiz, raqib jamoa tarkibini ko'rib olishingiz mumkin (dedlayndan so'ng) va transferlar sonini 2tadan 4taga etkazib olasiz. Ammo bu qo'shimchalar bepul emas. Bu fishkalarni xarid qilish kerak. Fishka narxi va ularning amal qilish muddati har bir musobaqada turlicha bo'ladi. Milliy chempionatlarda barcha fishkalar butun mavsum uchun amal qiladi, pley-off tizimidagi musobaqalarda (masalan, CHempionlar ligasi) fishkalarning amal qilish muddati cheklangan, shu bois ularni ikki bor sotib olish kerak bo'ladi. Fishka narxi va ularning amal qilish muddati haqidagi malumotni ko'rish uchun profil sahifasidagi fishka rasmining ustiga bosish kerak.


SHunday qilib siz  FIFA.UZning to'laqonli ishtirokchisiga aylandingiz va yutuqlar uchun kurash olib borasiz. Hozircha oliy liganing yutuqlari elon qilingani yo'q, ammo bu haqda tez orada malum qilamiz.

Jamoa tarkibini qachonga qadar o'zgartirish mumkin?

Jaomadagi barcha o'zgarishlar (o'zgartirishlar, sardorni tanlash, zaxiradagilarning ketma-ketlikni tanlash, transferlar) “dedlayn”ga qadar amalga oshirib bo'linishi lozim. “Dedlayn” – navbatdagi turning ilk uchrashuvi boshlanishiga qadar qolgan malum vaqt (masalan 1 soat). “Dedlayn”dan keyin amalga oshirilgan har qanday o'zgarish, faqat keyingi turdan boshlab inobatga olinadi.

SHoshiling, birinchi tur dedlayni 12 mart 14:00da. 


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика