FIFA.UZ: JCH-2014 g'olibiga "brazuca" topshirildi
13 okt 2014 14:21
Yangiliklar

FIFA.UZ: JCH-2014 g'olibiga "brazuca" topshirildi
Xabaringiz bor, yozda Braziliya yashil maydonlarida futbol bo'yicha Jahon chempioni bo'lib o'tdi.
FIFA.UZ da aynan shu musobaqa uchun maxsus sahifa ishga tushgandi. G'olibga Braziliyadagi mundialda o'ynalgan "brazuca" to'pining originali topshirilishi malum qilingandi.
Ushbu sovrinni qo'qonlik Javohir Madaliev qo'lga kiritgandi. Biroq turli sabablarga ko'ra sovg'ani unga topshira olmay kelayotgandik. Nihoyat bugun g'olib ofisimizga tashrif buyurdi va o'ziga atalgan to'pni qabul qilib oldi.
"O'zim temiryo'lda ishlayman, futbolga juda qiziqaman. FIFA.UZ ishga tushgandan buyon o'ynab kelayotgandim. Jahon chempionatida esa omadim kelib g'olib chiqdim. Boshqa ligalarda u qadar yuqori o'rinlarga chiqa olmayotgandim. Germaniyada 18, Angliyada 6-o'rinlarga chiqqanman, lekin chempion bo'lmaganman.
JCH-2014da dastlabki turlardan yuqori o'ringa chiqib oldim. So'nggi turda Gollandiyaning Braziliya ustidan qozongan g'alabasi tufayli chempion bo'ldim. Sababi o'zim Gollandiya muxlisiman, shu bois bu jamoadan ko'plab o'yinchilarni olgandim", - deydi Javohir Madaliev.
SHu o'rinda to'pni Moskvadan kelishida yordam ko'rsatgani uchun saytimizning faol o'quvchisi bo'lgan Yahyobek Boymatovga minnatdorchilik bildiramiz.

Fikrlar