FIFA.UZ: Osiyo Kubogi startiga 2 kun qoldi. SHoshiling!
07 jan 2015 16:24
Yangiliklar


FIFA.UZ: Osiyo Kubogi startiga 2 kun qoldi. SHoshiling!
2015 yilning yanvar oyida Avstraliyada bo'lib o'tadigan qita chempionatida o'zingiz uchun jamoa tuzish imkoniga egasiz. Hozirga qadar 685dan ortiq ishtirokchi jamoa tuzib bo'ldi.
Musobaqa
9 yanvarda start oladi va 31 yanvarda o'z yakuniga etadi. Unda Osiyoning eng
kuchli 16ta terma jamoasi ishtirok etadi. Ular orasida O'zbekiston milliy
terma jamoasi ham bor.
Endi siz qitamizning eng kuchli
futbolchilaridan iborat jamoa tuzib boshqalarga murabbiylik
qobiliyatingizni ko'rsatib qo'yish imkoniga egasiz! Musobaqada eng ko'p
ochko to'plagan ishtirokchi hamkorimiz JOMA kompaniyasi tomonidan taqdim
etiladigan formalar to'plamini qo'lga kiritadi.
Dastlabki tur o'yinlari:
Avstraliya - Quvayt
Janubiy Koreya - Oman
O'zbekiston - KXDR
Saudiya Arabistoni - Xitoy
BAA - Qatar
Eron - Bahrayn
Yaponiya - Falastin
Iordaniya - Iroq
Dastlabki tur dedlayni: 9 yanvar kuni 12:30da.

Fikrlar