FIFA.UZ: Oliy liga-2015 boshlanishiga 3 kun qoldi

Narzulla Saydullayev
9 mar 2015
FIFA.UZ saytida 2015 yilgi oliy liga uchun maxsus bo'lim ishga tushdi.
Yangi mavsum 12 mart kuni start oladi va noyabr oyida tugaydi. Unda O'zbekistonning 16ta eng kuchli klubi ishtirok etadi. Musobaqa 30 tur davom etadi.
 
Oliy liga klublari futbolchilaridan o'zingiz uchun jamoa tuzib musobaqani boshlashingiz mumkin! Hozirga qadar 555dan ortiq jamoa tuzib bo'lindi! Sovg'alar haqida keyinroq alohida xabar beramiz.

Dastlabki tur o'yinlari:
12 mart

Metallurg – Lokomotiv
Bunyodkor – Buxoro
Paxtakor – Olmaliq
Nasaf – Andijon

14 mart
Navbahor – Mashal
Neftchi – Sho'rtan
So'g'diyona – Qizilqum
Dinamo – Qo'qon-1912

Birinchi tur dedlayni: 12 mart kuni soat 14:00da tugaydi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia