"FIFA.uz" g'olibining Evropadagi sarguzashtlari
05 noy 2014 14:57
Yangiliklar


"FIFA.uz" g'olibining Evropadagi sarguzashtlari
18 oktyabr kuni soat 18:35 Toshkent - Milan yo'nalishi bo'yicha Italiyaning Milan shahriga uchdik. Olti yarim soatlik parvozdan so'ng mahalliy vaqt bilan soat 22:00da Milanga etib bordik. 19 oktyabr ertalabdan shaharni aylandik. “Modalar shahri” deb ataladigan Milan ajoyib, go'zal shahar ekan. Ikkinchi jahon urushi vaqtida Italiya va Argentina orasida yaxshi munosabatlar o'rnatilgan deb eshitdim. SHuning uchun bo'lsa kerak, shaharda Argentina restoranlari ko'p. Eng asosiy shoping-markazi ham Buenos-Ayros ko'chasida joylashgan. Bu ko'chada dunyoga mashhur brendlarning do'konlari bor. Kechga yaqin Milanning eng mashhur, turistlar borib ko'radigan Duomaga bordik, juda tarixiy maskan ekan . O'sha erdan metroda to'g'ri muhtasham “San-Siro” stadioni tomon yo'l oldik. Milan vaqti bilan soat 20:45da “Inter” va “Napoli” o'rtasidagi bahs boshlanishi kerak edi. Metroga tushgach o'yin atrofidagi muhitga qiziqdik. Barcha-barcha stadionga ketayotgan edi. Odamlarning ko'pchiligi “Inter” futbolkasini kiyib olgan, bo'ynida sharf... Bir guruh slovakiyalik muxlislar o'z tillarida qandaydir shiorlarni aytib ketishayotgan edi. Tushunimizcha ular “Napoli” va Marek Gamshikning muxlislari ekan. Hech kim, ayniqsa “Inter” fanatlari ularga qarshilik qilmagani hayron qoldirdi. Barcha o'z jamoasini qo'llash uchun birgalikda stadionga yo'l oldi. Stadionga yaqin bekatda metrodigi 99 foiz odam futbolga kelayotganini tushundim. Metrodan chiqib “San-Siro”gacha 2 kilometr piyoda bordik. Metrodan chiqish bilan uzoqdan stadion ko'rinib turadi. Bu erga yaqinlashganda barcha joyda ko'chma-vagonchiklar har xil egulik-ichimliklar sotilmoqda. 30tadan oshiq do'konlar futbolka, sharf bayroqlar sotilayotgandi. “Inter”dan tashqari “Napoli” klubi sharflari ham bor. Faqat "Milan" sharflariga ko'zimiz tushmadi, sababi bugun “Inter” o'ynashi kerak edi. Barcha joy “ko'k-qora” rangga burkangan, boshqa payt esa bu holat “qizil-qora”ga aylanar ekan. Kassada chiptalar sektoriga qarab 30 dan 170 evrogacha. 45 evrodan chipta oldik. Etiborlisi, chiptachi qiz bizga pasportsiz chipta berilmasligini aytdi. Yaxshiki hujjatlarimiz yonimizda edi, chiptalarga ism-sharf yozilar ekan. Stadionga kirayotganda bilet bilan birga pasportni ko'rsatib kirar ekansiz. Bu faqat bizga tegishli emas, italiyaliklar ham ID pasportlarini ko'rsatib kirishayotgandi. Bu degani hech kim boshqaning chiptasiga kirolmas ekan. CHipta sotish qora bozori yo'q, qo'lda chipta sotish yo'q.
- Menda "zo'r-zo'r", sizlarda-chi ))
Sig'imi 78.000ga yaqin bo'lgan stadionga kamida 40-45 ming muxlis yig'ildi. Stadionga esa gap yo'q, to'g'ri sal eskirgan. Masalan, kiraverish zinalari, hojatxonalari remont talab bo'lib qolgan. SHunga qaramay, u besh yulduzli stadionlar toifasiga kiradi. UEFA 2015/16 ECHL finalini aynan “San-Siro” topshirganini barcha bilsa kerak. Hamma joyda bo'lgani kabi mehmonlarga alohida sektorlar ajratilgan. SHu kuni “Napoli”ni qo'llash uchun 3000dan oshiq fanatlari kelgan ekan ular darvoza orqasidagi sektorning 3-yarusida, yani tepada joylashishdi. Yanayam qizig'i, stadionda bironta ham policiya xodimi yo'q. Hattoki mehmonlar sektorida ham faqat sariq jilet kiygan volontyorlar yuribdi, ular ham uncha ko'p emas. SHuni bildimki, ular uchun futbol bu katta bayram ko'pchilik oilasi bilan kelgan. “Inter” tiffozilari boshqa darvoza orqasida o'tirishdi. 10.000dan oshiq fanatlar bor edi. O'yin boshlanishiga 30 daqiqa qolganida qo'shiq, shiorlar aytishni boshlashdi, futbolchilar engil mashg'ulotdan keyin kiyinish xonasiga qaytib kirib ketishganda, suxandon tarkiblarni tanishtirdi. Suxandon “Inter” o'yinchilarining ismini aytsa, fanatlar bir ovozdan familiyasini aytishdi. Maydon markaziga o'sha o'yinchining rasmi tushirilgan bannerlarni yosh bolalar ko'tarib turishdi: ajoyib muhit. Bitta o'yinga shuncha tayyorgarlik ana shou, o'yin boshlanishi bilan “Inter” fanatlari tepa yarusdan stadionga lenta kog'ozlar otishdi. Stadionga xuddi qor yoqqandek bo'ldi, o'yin jangovor 2:2 hisobida tugadi. Barcha gollar so'nggi 15 daqiqada kiritildi. Eng kizig'i, “Napoli” gol urganda “Napoli” fanatlaridan tashqari stadionnnig 40 foizi gol deya baqirib o'rnidan turdi. Keyin bilsak, ular “Milan” muxlislari ekan, ular “Inter”ga qarshi hamma o'yinda muxlislik qilishar ekan. Bizning tepamizda o'tirgan ota-o'g'ilning otasi “Milan”, o'g'li esa “Inter” muxlisi ekan. Ota “Napoli”ga muxlislik qilib o'tiribdi, fanatlarni muxlislik kilishiga esa gap yo'q.
Bir xil, bir ovozda qo'shiqlarning aytilishi va 90 daqiqa davomida bir daqiqa ham jim bo'lishmadi. Xattoki mezbonlar mag'lub bo'layotgan vaqtda ham. CHunki ularda “semechka” yo'q ekan... O'yindan ajoyib taassurotlar olib, 21 oktyabrdagi “Roma” – “Bavariya” o'yinnini kutdim. 21 oktyabr ertalab Rimga, vokzaldan to'g'ri “Olimpiya” stadionga bordik. Stadion atrofidagi barcha kassalar yopiq edi, ularda chipta qolmadi deb yozib qo'yilgan... Nima qilishni bilmay atrofdagilarga murojaat qildik. Ular “Roma-Stor”ga borishni maslahat berishdi. Taksiga o'tirib o'sha joyga bordik, taksichi ham “Roma” fanati ekan. U bizga qarab kulib chipta ololmasanglar kerak dedi. Sababi uning o'zi ham chipta topa olmagan ekan. Kayfiyat tushib ketdi, noumid shayton deb manzilga etib bordik. Ming afsuski, o'yin uchun chiptalar bir hafta oldin tugab bo'lgan deyishdi... O'rganib qolganmizdek qo'lda bormi deb so'radik, ular hayron bo'lib, yo'q bizda har bir odamga pasport orqali sotiladi deyishdi. Bizning O'zbekistondan kelganimizni bilib biroz achindi ham, o'zimning eng sevimli klubimning o'yinini tomosha qilish uchun Italiyaga borgandim.
- Messining "oltin to'p"lari
O'yinni barda ko'rishga majbur edik, biz joylashgan mehmonxona atrofidagi hech qaysi barda o'yinni qo'ymayapti, boshqa o'yinni ko'rishyapti deb hayron bo'ldik, keyin bilsak u erlar “Lacio” muxlislari turadigan rayon ekan. Uchrashuvni Kolizey atrofidigi sport-barlardan birida tomosha qildik. Barda 20ga yaqin “Bavariya” formasini kiyib olgan nemislar ham bor edi, ular mazza qilib shiorlar aytib turishdi, hech kim qarshilik qilmadi xam, ming afsus o'yin...
- "Kamp Nou"ga sayohat
Nima bo'lganini barcha biladi, gapirishning hojati yo'q . Mana bizda muxlislar saytda o'tirib bir-birini haqorat qiladi, “seni jamoaning unaqa, meniki bunaqa deb”, bu erda esa hamma do'st. “Bavariya” “Roma” muxlislari bilan, “Napoli” “Inter” muxlislari bilan birga o'tirib kulishib rasmlarga tushishadi. Lekin haqiqiy derbi qanaqa ekanligini bildim. “Inter” o'yinida “Milan” yozuvi tushirilgan narsa bo'lishi kerak emas, hamma “qora-ko'k” rangda, hatto stadiondagi “Milan” muxlislari ham “qora-qizil” rangda emas. Derbi - derbi, lekin “Inter” o'ynamoqda, shuning uchun ham “Milan” formasini kiyishmagan. Bu ham qandaydir hurmat bo'lsa kerak, xuddi shunday “Milan” o'yinida “Inter” muxlislari kelib mehmonlarga muxlislik qilishar ekan, lekin “Inter”ning atributikalarisiz. Rimda esa oddiy misol “lacio”liklar hatto “Roma”ning CHempionlar ligasi o'yinlarini ham ko'rishmas ekan. Milan shahrida “Milan” – “Inter”, Rimda “Roma” – “Lacio” o'yinlariga hech qaysi uyin teng kelmas ekan. Ular uchun chempion bo'lishdan ko'ra mana shu o'yinlarni yutish shart ekan.
- Bu esa "Barselona" tomonidan qo'lga kiritilgan ECHL kuboklarining nusxalari
Xulosa, Evropadagi o'yin va stadionlarni maza qilib ko'rib, olam-olam taassurot oldim. Buning uchun albatta FIFA.UZga rahmat!

Fikrlar