
"Championat" nashrining ma'lumotlariga ko'ra, 20 oktyabr kuni e'lon qilinadigan yangi reytingda rossiyaliklar O'zbekiston terma jamoasidan pastroq o'rin egallaydi. Ushbu taxmin FIFAning maxsus programmasi asosida tayyorlandi, ammo kichik o'zgartirishlar bo'lishi mumkin. Shunday qilib, Rossiya o'z tarixida FIFA reytingidagi eng past o'ringa tushadi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi oktyabr oyida Eronga 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi, ammo Xitoy ishonchli tarzda mag'lub etildi (2:0).