FIFAga Allining barmoq ko'rsatishi yoqmadi
08 sen 2017 16:50
Yangiliklar


FIFAga Allining barmoq ko'rsatishi yoqmadi
FIFA Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Dele Allining Slovakiyaga qarshi JCH-2018 saralash uchrashuvidagi o'zini tutishi yoqmadi va tartib-intizom ishi ochdi.
Bunga 21 yoshli futbolchining o'yin paytida o'rta barmog'ini ko'rsatishi sabab bo'ldi.
Keyinroq Alli bu harakati Kayl Uolkerga qaratilgani va faqat hazil ekanligini aytib, uzr so'ragan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar