So’nggi yangiliklar

17:56"Атлетико" тўхтамаяпти, улар энди "Барселона" футболчиси билан келишиб олишди  1 17:32Про-лига. "Дўстлик" - "Олимпик Mobiuz". Асосий таркиблар маълум  0 17:14Равшан Эрматовга ҳамдардлик билдирамиз  9 16:44"Реал" бугун "Барселона"дан ўтиб кетиши ва навбатдаги рекордларни ўрнатиши мумкин  6 16:16ОЧЛ-2. "Насаф"нинг эҳтимолий рақиблари маълум  16 15:53"Ливерпуль" ниҳоят ишга киришмоқда  1 15:20Ҳусайннажодмахаленколай Муҳаммаджавад Рамазон — "Динамо"нинг янги футболчисининг исм фамилиясини нечта уринишда ўқидингиз?  7 15:04Суперлига. 16 ва 17-тур, шунингдек қолдирилган ўйинларнинг бошланиш вақти маълум  11 14:18"Аякс" клуби де Лигт ва Мазрауини сотиб олган МЮ ҳақида ўзгача пост қўйди  7 13:50Бу - футбол эмас, цирк!  13 13:34Ўзбекистон МТЖ собиқ футболчиси устидан жиноий иш қўзғатилди  9 12:54Анчелотти: "У тайёр"  5 12:26"Реал"ни таслим этишимизга ишонаман"  8 11:58УЕФА Суперкубоги. "Реал" ва "Аталанта"нинг тахминий таркиби билан танишинг  12 11:32"Олимпик"нинг эртаси нима бўлади?  12

"FIFA.com" Saudiya Arabistonining katta sahnaga qaytishiga ishonyapti Yangiliklar

"FIFA.com" Saudiya Arabistonining katta sahnaga qaytishiga ishonyapti

"A" guruhidan keyin FIFA rasmiy sayti "B" guruhiga ham alohida to'xtalib o'tdi.

Braziliya - 2014da bo'lgani kabi bu safar ham Yaponiya va Avstraliya terma jamoalari bitta guruhdan joy oldilar. Ikkinchi saralash bosqichida bir guruhda o'ynagan BAA va Saudiya Arabistoni, Tailand hamda Iroq terma jamoalar mazkur guruhdan joy oldilar.

JCH-2018ga yo'l olish uchun Avstraliya/Yaponiya juftligini favorit sifatida ko'rsatamiz. Ammo BAA va Saudiya Arabistonini unutmaslik lozim. Iroq ham "jang"ga tayyor. Tailand esa ikkinchi bosqichda birinchi o'rinni qo'lga kiritdi va o'ylaymizki shu bilan to'xtab qolmaydi.



JAMOALAR
Avstraliya
Yaponiya
Saudiya Arabistoni
BAA
Iroq
Tailand

TARIXIY TO'QNASHUVLAR
Avstraliya va Yaponiya terma jamoalari 4 yil avvalgi saralash bosqichida ham bir guruhdan o'rin olganlar. Ikki terma jamoa ham o'shanda mundial yo'llamansini qo'lga kirita olgan edi. Ko'ramiz, bu safar ham Ange Postekoglu va Vohid Halilxojich o'zlari boshqarayotgan terma jamoalarni katta forum sari boshlab bora oladilarmi?

Guruhdagi qolgan jamoalar oldida ham oddiy vazifa turmayapti. Bert Van Marveyk Saudiya Arabistoni terma jamoasini yana JCHga qaytarishga harakat qilib ko'radi. Bu borada BAA terma jamoasining imkoniyatlari chakki emas. Maxdi Alining terma jamoasi yoshlar o'rtasidagi JCH-2009 va London Olimpiadasida ishtirok etib katta tajriba to'pladi.

Iroq terma jamoasi 1986 yil qo'lga kiritgan tarixiy natijasini qayd etish uchun harakat qiladi. Meksikadagi mundialda ishtirok etgan iroqliklarga barcha o'yinlarni bitta tempda o'tkazish sifati etishmayapti. Tabiiyki, guruh autsayderi bu Tailand. Mazkur guruhda birgina terma jamoa mundialga yo'l olmagan, u ham bo'lsa tailandliklar.


O'TKAZIB YUBORMASLIK KERAK BO'LGAN O'YINLAR

Yaponiya - Iroq (2016 yil 6 oktyabr va 2017 yil 13 iyun)
Franciya yashil maydonlarida JCHda debyut qilgan yaponlar o'shandan beri bironta mundialni qo'yib yubormayapti. Aslida Yaponiya to'rt yil avval jahon chempionatiga borishi mumkin edi. Ammo saralash bosqichining so'nggi turida 2-1 hisobida g'alaba qozonib turgan terma jamoa uchrashuvning so'nggi daqiqasida Iroqdan gol o'tkazib yuboradi, 2-2. Agar terma jamoa g'alabani ushlab qola olganida mundialga yo'l olgan bo'lardi. JCH-2014 saralash o'yinida Yaponiya ikki uchrashuvda ham Iroqni mag'lubiyatga uchratgan.



BU QIZIQ
Osiyo Braziliyasining qaytishi
So'nggi marotaba Saudiya Arabistoni terma jamoasi 2006 yilgi chempionatda ishtirok etgan. "H" guruhida arablar so'nggi o'rinni band etganlar. SHundan keyin Osiy Kubogi - 2007da qatnashib, boshqa mundialga chiqmadi. Aksiga olib, keyinggi ikkita OKda ham omadsiz ishtirok etib kelayapti. 2015 yil Bert Van Marveyk jamoa posttiga kelgach, natijalar ham ijobiy tomonga o'zgardi. Fevral oyida terma jamoa FIFA reytingida so'nggi 4 yillikdagi eng yaxshi natijasini qayd etdi. 2-bosqich saralash o'yinlarida bitta ham mag'lubiyatga uchralmadi. Mundial havosidan nafas olgan Bert Van Marveyk 2010 yili Gollandiya terma jamoasining bosh murabbiyi sifatida Afrika yashil maydonlarida gavdalangan edi.


Vaqt ko'rsatadi
Tailand terma jamoasining bosh murabbiyi Kiatisak Senamuang 1993 yilning 8 aprelida yaponlarga qarshi o'yinda debyut o'yinini o'tkazgan. Endi Tailandning sobiq hujumchi murabbiy sifatida Yaponiya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. U terma jamoa safida eng ko'p maydonga chiqqan futbolchi bo'lib, jami 131 marotaba terma jamoa libosini kiygan. 1993 yili Tailand Yaponiyaga 1:0 hisobida imkoniyatni boy bergan.

7-RAQAM
SHuncha marotaba BAA va Saudiya Arabistoni terma jamoalari FIFA saralash o'yinlari doirasida o'zaro bahs olib borganlar. Ustunlik saudiyalik futbolchilar tomonida. Ular 3 marotaba g'alaba qozonib, shuncha durang o'ynaganlar. BAA bir marotaba uch ochkoga ega chiqqan.


FIFA.com saytidan Nodirxo'ja Yuldashev tarjimasi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика