So’nggi yangiliklar

14:18"Аякс" клуби де Лигт ва Мазрауини сотиб олган МЮ ҳақида ўзгача пост қўйди  0 13:50Бу - футбол эмас, цирк!  5 13:34Ўзбекистон МТЖ собиқ футболчиси устидан жиноий иш қўзғатилди  3 12:54Анчелотти: "У тайёр"  5 12:26"Реал"ни таслим этишимизга ишонаман"  5 11:58УЕФА Суперкубоги. "Реал" ва "Аталанта"нинг тахминий таркиби билан танишинг  10 11:32"Олимпик"нинг эртаси нима бўлади?  7 11:19Ўзбекистон кубоги доирасидаги "Бунёдкор" - "Пахтакор" баҳсини ким бошқариши маълум  2 10:52"Челси" раҳбари Боули икки йил ичида ТОП-10 га кирди  2 10:25Жозе Моуринью EЧЛдан чиқиб кетганидан сўнг: "Биз барибир чемпион бўла олмасдик"  8 09:57Opta суперкомпютери Ла Лига старти олдидан чемпионлик учун асосий даъвогарни тахмин қилди  4 09:28Шомуродовнинг трансфери "Атланта"га тахминан қанчага тушиши маълум  8 08:57"Реал Мадрид"да Суперкубокдан аввал йўқотиш бор. Жамоанинг асосий футболчиси "Аталанта"га қарши учрашувни ўтказиб юборади  8 08:29Про лига. Бугун 16-тур баҳсларига старт берилади  2 07:59МЛСда трансфер ойнаси қачон ёпилади? "Атланта"нинг Шомуродовни қўлга киритиш учун жуда кам вақти қолди  3

FIFA.com O'zbekistonni uchinchi o'ringa loyiq ko'rayapti Yangiliklar

FIFA.com O'zbekistonni uchinchi o'ringa loyiq ko'rayapti

Teglar :  O'zbekiston MTJ
Bu guruhni tajribaga qarshi mundial orzusidagilar deb atasak bo'ladi.

JCH-2018 saralash bosqichining "A" guruhida uchta terma jamoa mundialni ko'rgan. Bu tajriba saralash o'yinlarida ularga qo'l kelishi mumkin. Guruhda yana JCHga chiqishni jiddiy maqsad qilgan terma jamoalarning borligi, etakchilarni xato qilishga haqqi yo'qligidan dalolat.

Jamoalar:

Eron

Janubiy Koreya

O'zbekiston

Xitoy

Qatar

Suriya

Xitoy va Qatar yana kuch sinashadi

JCHda qatnashish bo'yicha qita "veteran"lari, Eron va Janubiy Koreya uchinchi bosqichga qadar mag'lubiyat nima ekanligini bilmay kelayapti. Koreyslar esa o'z darvozalari daxilsizligini taminlay olyaptilar. Aynan shu ikki terma jamoa to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmaga ega chiqishi mumkin.

Lekin qolgan to'rtta jamoa ularning oldida yosh bola rolini o'ynamoqchi emas. Masalan, O'zbekiston va Qatar ikkinchi bosqichda o'z guruhlarining g'olibi bo'ldilar. Bu ikki terma jamoa ettitadan g'alabaga erishdi. Suriya esa bor yo'g'i ikkita mag'lubiyatga uchradi. Raqib anoyilardan emas edi, Osiyo grandi - Yaponiya! 2002 yildagi JCHda debyut qilgan Xitoy, guruhdagi sirli tulpor. Saralashni muvaffaqiyatsiz boshlagan Xitoy ikkinchi o'rin bilan, Qatardan keyin guruhdan chiqa oldi. Endi so'nggi bosqichda ham bahs yuritadilar.


MARKAZIY O'YINLAR

Suriya - Janubiy Koreya (2016 yil 6 sentyabr)

"A" guruhining ikkinchi turida bo'lib o'tadigan mazkur o'yinda bu ikki terma jamoa saralash bosqichlari doirasida ilk marotaba bahs olib boradilar. Suriyaga oson bo'lmaydi, ularning qarshilarida JCHning to'qqiz karra ishtirokchilari bo'ladi. Suriya termasining sardori Mosab Balxus jamoadoshlari bilan ijobiy natijaga erishishi mumkin. Bir marotaba ular Janubiy Koreyani mag'lubiyaga uchratishgan, ammo unga ham 30 yil bo'ldi. 1984 yilgi Osiyo Kubogida suriyaliklar 1:0 hisobda g'alaba qozongan edilar.

O'zbekiston - Xitoy (2016 yil 11 oktyabr)

Agar favoritlar (Eron va J.Koreya) guruhdagi dastlabki ikki o'rinni band etsalar, uchinchi o'rin uchun kurash aynan mana shu terma jamoalar o'rtasida kechadi. O'zbekiston MTJ xitoyliklar uchun qulay raqib hisoblanadi. OK-2015da ham ular g'alaba qozonganlar. Tarixiy g'alaba esa JCH-2002 saralash bosqichida qo'lga kiritilgan. Faqatgina guruhning so'nggi o'yinida Xitoy mag'lubiyatga uchratgan, ammo unga qadar "ajdarlar" mundial yo'llanmasini qo'lga kiritib bo'lgan edilar.

Janubiy Koreya - Eron (2017 yil 31 avgust)

JCH faxriylarining natijalarini birga hisoblasak, ular 13 marotaba katta forumda ishtirok etishgan. Ko'pchilikning fikri, aynan shu ikki terma jamoa bu safar ham mundial yo'llmasini qo'lga kiritadi. Bu erda ko'p narsa o'zaro o'yinga bog'liq. Ulardan biri ko'p ochko yo'qotsa, ikkinchi o'ringa yaqin turgan terma jamoaga qo'l kelishi mumkin bo'ladi. Nima bo'lgan taqdirda ham, 3-bosqich tugashiga bir tur qolganida bizni "jazirama" o'yin kutadi.

BU QIZIQ

"A" guruhida bo'lib o'tadigan 15ta o'yindan bor yo'g'i uchtasi JCH saralashlaridagi ilk to'qnashuv bo'ladi. Bu Suriya terma jamoasining hal qiluvchi bosqichga etib kelishi bilan bog'liq. Ular, bu bosqichda ilk marotaba J.Koreya, O'zbekiston va Xitoy terma jamoalariga qarshi bahs olib boradilar.

Janubiy Koreya terma jamoasi Uli SHtilik uchun Qatar begona emas. U 2014 yilga qadar 6 yil davomida arab diyorida faoliyat olib bordi. Qizig'i, Qatarning bugungi kundagi bosh murabbiyi Xosu Karreno uning izdoshi bo'lib, mutaxassis "Al Arabi" jamoasida faoliyat olib borgan.


RAQAMLAR

Janubiy Koreya terma jamoasi 630 daqiqada davomida o'z darvozasi daxlsizligini saqlab keladi. Ular etti uchrashuvdan beri gol o'tkazmaydilar (Quvayt terma jamoasiga qarshi o'yinda texnik g'alaba qozongan). Bu o'yinlarda terma jamoa postini quyidagi darvozabonlar, Kim Sin Gyu, Kvon Suntxe, Gu SHung Yun va Kim Jinxen qo'riqladilar.

fifa.com saytidan Nodirxo'ja Yuldashev tarjimasi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика