So’nggi yangiliklar

20:30Хаби Алонсо: "Карвахаль Испания терма жамоасига қайтишни хоҳлайди"  1 20:10Футзал. БМБ – "Оил Стар" 5:1   0 19:55Футзал. БМБ "Оил Стар"ни 4 та тўп фарқи билан мағлуб этиб, Ўзбекистон Суперкубогига эга чиқди!  7 19:49Суперлиганинг 20-турида ҳакамлар жуда кўп хатога йўл қўйди  3 19:46Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" - "Машъал" 1:0 (матнли трансляция)  4 19:29Про лига. "Арал" "ФарДУ"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди   5 19:22Тимур Кападзе: "Ўмон билан ўйинда легионерлар бизга ёрдам беролмайди"  9 19:01Хаби Алонсо Рюдигернинг жисмоний ҳолати ҳақида тўхталди  0 18:34Онана Ла Лигага йўл оладими?  3 18:01Расман: "Боруссия Д" "Челси" ярим ҳимоячиси трансферини расмийлаштирди  2 17:22Варди фаолиятини А Серияда давом эттирадими?  4 16:35Абдулла Бўриев: "Иккинчи даврада таркибимизга легионер қўшиб олишимиз мумкин, янги мавсумда ҳаммага кураш тақдим қиламиз"  0 16:12Денис Иванков: "Дарвозабонлар муаммоси бугун пайдо бўлиб қолмади"  1 15:54Ҳали қайдномага ҳам кириб улгурмаган "Насаф" легионери сафдан чиқди  13 15:35"Олимпик"нинг қарзи 3 миллиардга етди, 4 ойдан буён маош йўқ  8

FIFA.COM: Dilshod Rahmatov: "Toshkentdagi Osiyo chempionatini hech qachon unutmayman" Yangiliklar

FIFA.COM: Dilshod Rahmatov: "Toshkentdagi Osiyo chempionatini hech qachon unutmayman"

FIFA.COM sayti muxbiri futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Dilshod Rahmatovdan intervyu olishdi.

"Men Toshkentdagi Osiyo chempionatini hech qachon unutmayman. Biz o'z muxlislarimiz, xalqimiz ko'z o'ngida o'ynash imkoniyati bor edi. O'z maqsadimizga erishdik va birinchi marta mundialga yo'llanma oldik", - deydi Rahmatov.

2012 va 2014 yilgi Osiyo chempionatlarida ishtirok etgan Rahmatov uchun bu uchinchi qita chempionati edi. Ikki yil muqaddam Rahmatov va uning jamoasi bronza medaliga ega chiqqandi. Ammo o'sha chempionat Jahon chempionati yo'llanmasini bermasdi. Fevral oyidagi chempionatdagi kumush medal va Jahon chempionatiga chiqish O'zbekistonda futzal rivoji uchun xizmat qildi.

"Yurtimizda futzalga bo'lgan qiziqish ortib bormoqda deb o'ylayman. O'z o'yinimiz orqali xalqimiz mehrini qozona oldik. Menga ko'pchilik qo'ng'iroq qilib o'z bolalarimni qanday qilib futzalchi qilish mumkinligini so'rashdi", - deydi Osiyo chempionati chorak finalida Iroq bilan o'yinda gol urgan Rahmatov. Aynan o'sha o'yin orqali O'zbekiston mundial yo'llanmasiga ega chiqqandi.

"Xose Mariya Mendez O'zbekistonga kelib ko'p narsani o'zgartirib yubordi. Ungacha futzal umuman boshqacha edi. Mendez tufayli biz futzal falsafasini tushuna boshladik", - deydi Osiyo chempionatida 5ta gol urgan Rahmatov.



Jahon chempionatidan oldin O'zbekiston terma jamoasi Portugaliya va Ispaniya bilan o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazdi. "Portugaliya terma jamoasi juda kuchli, tarkibdagi Rikardino dunyo miqiyosidagi futzalchi hisoblanadi. Ispaniya esa ayni paytda Jahondagi eng kuchli terma jamoalaridan biri bo'ladi. Ularga qarshi bahsda bitta kichik xato qilsangiz bu qimmatga tushadi", - deydi Dilshod Rahmatov.

Dilshod Rahmatov 9 yildan buyon futzal o'ynamoqda. Terma jamoada 2010 yildan beri faoliyat olib bormoqda. Kolumbiyadagi mundialda O'zbekiston terma jamoasi muxlislari Toshkentdagidan kam bo'lmaydi. Hujumchi mundialdan so'ng telefoniga tabriklarga to'la xabarlar kelishiga umid qilmoqda.

FIFA.COM saytidan Narzulla Saydullaev tarjimasi 

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика