So’nggi yangiliklar

12:50Маскерано: "Биз бу ўйинда аутсайдермиз"  0 12:14Бруну Лаже "Челси"дан учралган мағлубиятга изох берди  0 11:52Рейна ўз давридаги энг кучли дарвозабонларни санади  2 11:25Энцо Мареска: "Челси" сўнгги ойдаги энг зўр ўйинини ўтказди"  0 10:43МЮ “Реал“ футболчисига расмий таклиф билан чиқди  0 10:10“Челси“ “Боруссия Д“ футболчисини сотиб олишга яқин  1 09:38Нико Уильямс “Барселона“га талаб қўйди  7 09:05Суперлига. Бугун 14-тур давом эттирилади  3 08:34"Нефтчи" собиқ футболчисини ортга қайтармоқчи  4 08:03Бугун аёллар терма жамоамиз Осиё кубоги саралашдаги юришини бошлайди  3 07:40Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" "Бенфика"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди  6 01:50"Ал Ҳилол"нинг собиқ бош мураббийи "Ал Насср"ни бошқаришга рози бўлди  4 00:54Расман: Поль Погба - "Монако" футболчиси!  3 00:36Акмал Рустамов: "Йигитларнинг барчасига раҳмат айтаман, улар бор кучи билан ҳаракат қилишмоқда"  3 00:12Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" - "Челси" баҳси асосий таркиблари маълум!  5

FIFA20 o'yinida o'zbekistonlik futbolchilar bormi? Yangiliklar

FIFA20 o'yinida o'zbekistonlik futbolchilar bormi?

Teglar :  FIFA20
2019 yilning 24 sentyabrida FIFA futbol simulyatorining yangi versiyasi (FIFA20) sotuvga chiqdi.

Ushbu o'yinni hamyurtilarimiz ham sotib olib, o'ynashga ham ulgurishgani aniq. FIF20da o'zbekistonlik futbolchilar borligiga hech qiziqdingizmi?

O'yindagi futbolchilar bazasida faqat 3 nafar o'zbekistonlik futbol ustasi borligini aniqladik. Etiboringizga shu 3 futbolchi va ularning ko'rsatkichlarini taqdim etamiz.


FOZIL MUSAEV

Faoliyatini Yaponiyaning "Jubilo Ivata" klubida davom ettirayotgan Fozil Musaev FIFA20 o'yinida mavjud bo'lgan uch o'zbekistonlikning biri hisoblanadi. Joriy mavsum J liganing 8ta uchrashuvida maydonga tushgan hamyurtimizning o'yindagi umumiy ko'rsatkichi - 60.

Ko'rsatkichlar (100 ballik tizimda):

Tezlik - 65, zarba - 46, paslar - 57, dribling - 63, himoya - 55, jismoniy tayyorgarlik - 71.


IKROM ALIBOEV

FIFA20dagi navbatdagi futbolchimiz Janubiy Koreyaning "Seul" klubi sharafini himoya qilayotgan - Ikrom Aliboev. Koreya chempionatining 30ta o'yinida 3ta gol urishga erishgan yarim himoyachimizning ko'rsatkichi 68.

Ko'rsatkichlar (100 ballik tizimda):

Tezlik - 67, zarba - 64, paslar - 67, dribling - 63, himoya - 55, jismoniy tayyorgarlik - 61.


ODIL AHMEDOV

FIFA20 o'yinidagi eng kuchli o'zbekistonlik "SHanxay SIPG" safida to'p tepayotgan Odil Ahmedov hisoblanadi. Ahmedovning ko'rsatkichlari o'yinning avvalgi qismidagidek emas. Hamyurtimizning raqamlari pasaytirilgan.

Ko'rsatkichlar (100 ballik tizimda):

Tezlik - 70, zarba - 71, paslar - 72, dribling - 71, himoya - 71, jismoniy tayyorgarlik - 72.

Reyting: +27   

O’xshash yangiliklar

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика