FIFA yirik bo'lmagan turnirda bitta rasmiy uchrashuv o'tkazgan futbolchilarga o'z termalarini almashtirishiga ruxsat berdi
18 sen 2020 21:36
Yangiliklar


FIFA yirik bo'lmagan turnirda bitta rasmiy uchrashuv o'tkazgan futbolchilarga o'z termalarini almashtirishiga ruxsat berdi
FIFA Kongressi milliy terma jamoalar o'yinchilariga oid qoidalarga kiritilgan o'zgartirishlarni maqulladi.
Agar futbolchi qaysidir mamlakat uchun bitta rasmiy o'yin o'tkazgan bo'lsa, o'z terma jamoasini almashtirishiga ruxsat beriladi, deydi BBC jurnalisti Pirs Edvards.
Faqat bitta shart – bu yirik turnirning final qismi, masalan, jahon chempionati o'yini bo'lmasligi kerak.
Eslatib o'tamiz, 2018 yilda Sport arbitraj sudi (CAS) "Barselona" tarbiyalanuvchisi Munir El-Xaddadining davosini rad etgandi. Uni JCH-2018 uchun Marokash terma jamoasiga chaqirmoqchi bo'lishgan, biroq bu natija bermagan, chunki o'yinchi Ispaniya terma jamoasida bitta rasmiy o'yin o'tkazgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar