FIFA yaponiyalik jurnalistni taqdirladi
13 jan 2015 09:37
Yangiliklar

FIFA yaponiyalik jurnalistni taqdirladi
Kecha bo'lib o'tgan "Oltin to'p"ni topshirish marosimida FIFA yaponiyalik faxriy futbol jurnalisti Xiroshi Kagavani taqdirladi.
90 yoshli jurnalist Braziliyadagi jahon chempigonatida qatnashgan jurnalistlar orasida eng yoshi kattasi bo'ldi. SHunday qilib bu kishi 10-marta jahon chempionatiga bordi.
"Men ko'p joylarni kezib chiqdim, - deya aytib o'tdi Kobeda istiqomat qilayotgan otaxon muxbir. - 1974 yilgi JCH finali haliyam esimda qolgan. Myunxendagi "Olimpiashtadion"da Yoxan Kruyff va Franc Bekkenbauer bir-biriga qarshi to'p tepgandi. O'sha musobaqa men faoliyat borgan birinchi jahon chempionati bo'lgandi. Braziliyadagisi esa o'ninchisi bo'ldi". (Xiroshi Kagava JARda o'tkazilgan JCH-2010da betobligi tufayli qatnasha olmagan).

Fikrlar