FIFA rossiyalik uch futbolchini futboldan chetlashtirdi
19 iyu 2021 20:53
Yangiliklar
FIFA rossiyalik uch futbolchini futboldan chetlashtirdi
FIFA "Rostov" forvardi Vladimir Obuxovni doping qoidalarini buzganligi uchun olti oyga diskvalifikaciya qilish to'g'risida elon qildi. SHuningdek, Ivan Knyazev va Daria Meshheryakov ham doping qabul qilganliklari uchun diskvalifikaciya qilindi.
Xabar qilinishicha, uchala futbolchi ham 2013 yilda qoidabuzarliklarga yo'l qo'yishgan. O'z aybiga iqror bo'lgan "Rostov" hujumchisi Vladimir Obuxov olti oyga diskvalifikaciya qilindi. "Zvezda" himoyachisi Ivan Knyazev va futbolchilik faoliyatini yakunlagan Dariya Meshcheryakova esa ikki yilga chetlashtirildi.
CHeklovning boshlanish sanasi 2021 yil 19 iyul hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, Obuxov o'tgan yili "Rostov" futbolchisiga aylangandi. SHu vaqt ichida u barcha turnirlarda 21 uchrashuv o'tkazib, bitta assist muallifi bo'lgandi.
Fikrlar