FIFA Rossiya va Ukraina o'zaro pley-offda o'ynay oladimi degan savolga javob berdi
15 noy 2021 20:38
Yangiliklar
FIFA Rossiya va Ukraina o'zaro pley-offda o'ynay oladimi degan savolga javob berdi
FIFA matbuot xizmati TASS agentligining Rossiya va Ukraina terma jamoalarining pley-off bosqichida kesishishi mumkinligi haqidagi murojaatiga javob qaytardi.
Rossiya terma jamoasi kelasi yilning mart oyi oxirida jahon chempionati yo'llanmasi uchun pley-off bosqichida kurash olib boradi. Ukraina terma jamoasi pley-offga chiqqani yo'q, ammo Aleksandr Petrakov shogirdlarida hali ham ushbu bosqichda qatnashish imkoniyati saqlanib qolgan.
FIFA Ijroiya qo'mitasi qarorlarini hisobga olgan holda bunday uchrashuvni o'tkazish mumkin emasligini aytdi.
Qura paytida nafaqat Ukraina va Rossiya, balki Kosovo Serbiya hamda Bosniya va Gercegovinadan, Armaniston Ozarbayjondan, Gibraltar esa Ispaniyadan ajratiladi.
Eslatib o'tamiz, navbatdagi jahon chempionati kelasi yilning noyabr va dekabr oylarida Qatarda bo'lib o'tadi.
Fikrlar