FIFA reytingi: O'zbekiston terma jamoasi besh pog'ona pasaydi
14 sen 2017 14:25
Yangiliklar


FIFA reytingi: O'zbekiston terma jamoasi besh pog'ona pasaydi
Unga ko'ra, O'zbekiston milliy terma jamoasi 511 ochko bilan 69-pog'onaga joylashdi.
Terma jamoa avvalgi ko'rsatkichga nisbatan 5 o'ringa pastladi va OFKga azo mamlakatlar orasida 7-o'rinni egalladi. Eron terma jamoasi 865 ochko bilan Osiyoda peshqadamlik qilmoqda.
Kuchli uchlikdan Yaponiya (737) va Avstraliya (662) terma jamoalari joy oldi. Quyida OFKga azo mamlakatlarning TOP-10 ligi bilan tanishish mumkin.
1 (25). Eron – 865 ochko;
2 (40). Yaponiya – 737 ochko;
3 (50). Avstraliya – 662 ochko;
4 (51). Janubiy Koreya – 659 ochko;
5 (53). Saudiya Arabistoni – 641 ochko;
6 (62). Xitoy – 564 ochko;
7 (69). O'zbekiston – 511 ochko;
8 (72). BAA– 480 ochko;
9 (75). Suriya – 465 ochko;
10 (85). Qatar – 406 ochko.
Germaniya terma jamoasi 1606 ochko bilan FIFA reytingida yana peshqadamlikni qo'lga oldi. Braziliya 1590 ochko bilan ikkinchi o'ringa pastladi. Kuchli uchlikka Portugaliya termasi (1386) yakun yasab berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar