FIFA Qatardagi Jahon chempionatidan 10.5 mlrd dollar daromad ko'rdi. Bu 2018 yilgi ko'rsatkichdan 1 mlrd dollar ko'proq
17 dek 2022 00:50
Yangiliklar
FIFA Qatardagi Jahon chempionatidan 10.5 mlrd dollar daromad ko'rdi. Bu 2018 yilgi ko'rsatkichdan 1 mlrd dollar ko'proq
Bu haqida tashkilot prezidenti malum qildi.
FIFA prezidenti Janni Infantino Qatardagi Jahon chempionatidan tashkilot qancha foyda ko'rganini aytdi.
"FIFA Jahon chempionatidan 10.5 mlrd dollar daromad ko'rdi. Bu to'rt yil oldingi natijadan bir milliard dollarga ko'proq", -deydi Janni Infantino.
Malumot uchun, Jahon chempionati 20 noyabrda start olgandi. Oldinda ikki uchrashuv bizni kutib turibdi. Uchinchi o'rin uchun o'yinda Marokash va Xorvatiya bahs olib boradi. Finalda esa Franciya va Argentina o'zaro to'qnash keladi. O'yinlar mos ravishda 17-18 dekabr kunlari o'tkaziladi.
Fikrlar