FIFA prezidenti yangi qoidalarga qarshi ekan
02 mar 2024 14:34
Yangiliklar
FIFA prezidenti yangi qoidalarga qarshi ekan
FIFA prezidenti Janni Infantino futbolda ko'k kartochka qoidasiga qarshiligini aytdi.
Oldinroq, qoidalarni futbolga kiritish bilan shug'ullanuvchi futbol associaciyalari xalqaro kengashi (IFAB) ko'k kartochka (hakamlar bilan tortishuv va taktik follar uchun ko'rsatiladi) qoidasini tasdiqladi. Ko'k kartochkani olgan futbolchi 10 daqiqaga maydondan chetlatiladi.
Keyinroq, negativ reakciyalar tufayli bu qoidadan voz kechishlari mumkinligi aytildi.
Yakuniy qaror IFABning bugungi yig'ilishida qabul qilinadi.
"FIFA ko'k kartochkalarga qarshi. Ko'k kartochkaga qizil kartochkani ko'rsatamiz.
IFAB va FIFAdagilar turli taklif va g'oyalar uchun ochiq... Ammo uni ko'rib chiqishda futbolni, uning maqsadini va ananalarini himoya qilishimiz kerak. Ko'k kartochka mavjud emas" - dedi Janni Infantino.
Fikrlar