So’nggi yangiliklar

14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  8 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  4 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  2 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  1 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  8 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  4 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  9 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  6 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  10 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0

FIFA prezidenti Umid Ahmadjonovga tabrik yo'lladi Yangiliklar

FIFA prezidenti Umid Ahmadjonovga tabrik yo'lladi

Xalqaro Futbol Federaciyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino bugun, 12 sentyabr kuni O'zbekiston Futbol Federaciyasi prezidenti etib saylangan Umid Ahmadjonovga tabrik maktubini yo'lladi.

“Hurmatli Umid Ahmadjonov! Sizni 2017–2021 yillar uchun O'zbekiston Futbol Federaciyasi prezidenti etib saylanganingiz bilan chin yurakdan tabriklayman va eng ezgu tilaklarni bildiraman. Sizning chuqur bilimingiz hamda “Paxtakor” FK vice-prezidenti, Milliy Olimpiya qo'mitasi vice-prezidenti, Milliy Paralimpiya qo'mitasi vice-prezidenti kabi lavozimlarda ishlab to'plagan ko'p yillik tajribangiz mamlakatingizda futbolning barqaror rivojiga hissa qo'shishiga ishonaman.

Oldingizga qo'ygan maqsadlarga erishish yo'lida men va FIFAning daldasiga tayanishingiz mumkin. Futbol va uning boshqaruvini muhokama qilishni istasangiz, FIFA eshiklari Siz uchun doimo ochiq bo'ladi. Sizni Cyurix (SHveycariya)ga tez orada taklif qilishdan va FIFA tizimi bilan tanishtirishdan mamnun bo'laman. FIFA vakillari Siz bilan shu kunlarda bog'lanib, tashrif vaqtini muhokama qiladi.

SHu o'rinda, Siz bilan birgalikda O'zbekiston Futbol Federaciyasi Ijroiya qo'mitasi azolari etib saylangan hamkasblaringizga tabriklarimni etkazib qo'yishingizni so'rayman.  Sizga omad, kuch va muvaffaqiyat tilagan holda tez orada uchrashib, tabrigimni shaxsan etkazishga umid qilib qolaman”, – deyiladi FIFA prezidentining tabrigida.  

Eslatib o'tamiz, avvalroq OFK prezidenti Salmon bin Ibrohim al-Halifa Umid Ahmadjonovni O'zbekiston Futbol Federaciyasi prezidenti etib saylagani bilan tabriklagan edi.


Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика