FIFA prezidenti "Lokomotiv"ga xat yubordi
01 dek 2018 16:04
Yangiliklar
FIFA prezidenti "Lokomotiv"ga xat yubordi
FIFA prezidenti Janni Infantino Toshkentning "Lokomotiv" klubini O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritgani bilan tabriklab, maktub yubordi.
Maktubda, jumladan, shunday deyiladi:
"Toshkentning PFK "Lokomotiv" klubi ketma-ket uchinchi marta mamlakat chempionligini qo'lga kiritgani munosabati bilan o'z tabrigimni yo'llashdan benihoya mamnunman.
Mazkur chempionlikka o'z hissasini qo'shgan, katta hajmdagi mehnatni amalga oshirgan klubning barcha xodimlarini ham yuksak natija bilan tabriklab qolaman.
O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan yurtingizda futbol rivoji uchun amalga oshirilayotgan ko'plab islohotlar, chora-tadbirlar va say-harakatlar futbol jamoatchiligini xursand qilmoqda.
Mazkur islohotlarni amalga oshirishda Sizlarga muvaffaqiyatlar tilab qolaman!
Janni Infantino, FIFA prezidenti".
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar