So’nggi yangiliklar

09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  1 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  1 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  3 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  9 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  34 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2

FIFA prezidenti Hassan Ruhoniyni jahon chempionatiga taklif etdi Yangiliklar

FIFA prezidenti Hassan Ruhoniyni jahon chempionatiga taklif etdi

FIFA prezidenti Janni Infantino Eronga tashrifi chog'ida mamlakat Prezidenti Hassan Ruhoniy bilan uchrashdi.

Tashrif mobaynida Infantino dastlab Eron futbolining 100 yillik tadbirlarida ishtirok etdi. SHuningdek, "Ozodi" stadionida bo'lib o'tgan "Istiqlol" - "Persepolis" (1:0) derbisini kuzatib bordi. FIFA rahbari Eron sport vaziri Masud Soltanifar bilan uchrashuv chog'ida Saudiya Arabistoni va Eron o'rtasidagi siyosiy vaziyatni sportga aralashtirmasliklarini so'radi.

"Biz siyosatni juda yaxshi tushunamiz. Lekin sportni siyosatga aralashtirmagan maqul. Osiyo chempionlar ligasida Eron klublari Saudiya Arabistoni klublariga qarshi betaraf maydonlarda o'ynamoqda. Qaniydi barcha jamoalar uy uchrashuvlarini o'zida o'tkazsa, shunda sport siyosatdan xoli ekanini ko'rsatgan bo'lardik", - deya aytib o'tdi Janni Infantino.

Infantino shuningdek, Eron hukumati rahbari Hassan Ruhoniy bilan ham uchrashdi. Uchrashuv chog'ida Ruhoniy shunday dedi:

- "Odamlar, millatlar va yoshlarni birlashtirish uchun FIFA juda katta hajmdagi ishlarni bajaryapti. Eronda juda ko'plab fuqarolarimiz futbolga qiziqadi va FIFA bayrog'i ostida o'tadigan musobaqalarni ayniqsa yoshlar qoldirmay kuzatib boradi. Bizda sportning ko'p turlari rivojlanmoqda. Futbolda esa Eron Osiyoning etakchilari qatoriga kiradi".

- "Eronda nafaqat erkaklar, balki ayollar ham sport bilan shug'ullanadi. Bugungi kunda 23 ming nafar ayol sportchimiz bor. Davlatimiz futbol bo'yicha xalqaro musobaqalarni tashkil qilish va o'tkazish imkoniyatiga ega. Biz FIFA chiqarayotgan qarorlarni hurmat qilamiz".

Uchrashuv so'nggida Janni Infantino Eron Prezidenti Hassan Ruhoniyni yozda bo'ladigan jahon chempionatiga taklif etdi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика