FIFA milliy terma jamoalar reytingini yangiladi. O'zbekiston bir pog'ona pastladi
21 sen 2023 16:13
Yangiliklar
FIFA milliy terma jamoalar reytingini yangiladi. O'zbekiston bir pog'ona pastladi
FIFA o'zining rasmiy saytida milliy terma jamoalarning yangilangan reytingini elon qildi. U sentyabr oyidagi o'yinlar natijalariga ko'ra tuzilgan.
Kuchli o'ntalikda faqat bitta o'zgarish bor – Italiya va Portugaliya o'zaro o'rin almashgan.
Reytingda Argentina etakchiligicha qolmoqda. Kuchli uchlikka Franciya va Braziliya ham kirgan.
Srechko Katanec boshqaruvidagi O'zbekiston MTJ dunyo reytingida bir pog'ona pastlab, 75-o'ringa joylashgan. Osiyoda esa 10-o'rinni saqlab turibdi.
FIFA talqinida TOP-10 talik:
1. Argentina
2. Franciya
3. Braziliya
4. Angliya
5. Belgiya
6. Xorvatiya
7. Niderlandiya
8. Portugaliya
9. Italiya
10. Ispaniya

Osiyo bo'yicha TOP-10 talik:
1. Yaponiya
2. Eron
3. Koreya Respublikasi
4. Avstraliya
5. Saudiya Arabistoni
6. Qatar
7. Iroq
8. BAA
9. O'mon
10. O'zbekiston

To'liq ro'yxat bilan ushbu sahifada tanishishingiz mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar