So’nggi yangiliklar

02:01Венесуэла бош мураббийи: "Жанубий Америка мамлакатларига омад тилайман"  0 01:01Камолиддин Тожиев "Персеполис"га қарши ўйин олдидан: "Ўрунов бизнинг академиядан етишиб чиққан. Эртага унга қарши қандай ҳаракат қилишимизни кўриб оласиз"  3 00:55Ла Лига. "Атлетико" — "Реал" 1:1 (матнли трансляция)  18 23:39Бруну Фернандеш: "Бу қизил карточка эмас"  6 22:55АПЛ. "Манчестер Юнайтед" - "Тоттенхэм" 0:3, Бруно Фернандеш ғалати вазиятда қизил карточка олди  8 22:47"Атлетико" — "Реал". Мадрид дербиси учун таркиблар маълум  6 22:40Футзал бўйича ЖЧ 1/4 финал. Бразилия қийинчилик билан ғалаба қозонди, Украина Венесуэлага 9 та гол урди  2 22:27АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Олд Траффорд"да шарманда қилинди  69 22:24Саудия Арабистони чемпионати. "Ал Фейҳа" ўз уйида ишончли ҳисобда ғалаба қозонди, Шукуров 90 дақиқа ҳаракат қилди  2 21:28"Атлетико" собиқ ҳимоячиси: "Симеоне ўйинчиларга ўз мухлислари олдида "Реал"ни ейишга мотивация беради"  4 21:00Футзал бўйича ЖЧ. 13 та гол урилган ўйинда Украина Венесуэлани мағлуб этиб, ярим финал иштирокчисига айланди  1 19:54А Серия. "Рома" ўз уйида камбэк орқали "Венеция"ни мағлуб этди, Шомуродов бу сафар ҳам захирада қолдирилди  45 19:13Футзал бўйича ЖЧ. Бразилия 4та гол урилган ўйинда Марокашни мағлуб этиб, илк ярим финал иштирокчисига айланди  7 18:51Шенсни "Барселона"да қачон дебют қилиши маълум  8 18:13Анчелотти "Реал" ўйинчиларига "Атлетико" билан ўйинда ҳакамлар билан баҳслашишни таъқиқлади  7

FIFA kunlaridan Osiyo Kubogi-2019 ishtirokchilari qanday foydalandi? Yangiliklar

FIFA kunlaridan Osiyo Kubogi-2019 ishtirokchilari qanday foydalandi?

12-20 noyabr xalqaro taqvimda FIFA kunlari sifatida belgilangandi.

Osiyo Kubogi-2019 startiga kam vaqt qolayotgan bir paytda aksar jamoalar tayyorgarlikka yanada zo'r berishyapti. Xabaringiz bor, ushbu musobaqa tarixda birinchi marta 24ta jamoa ishtirokida o'tkaziladi. Noyabr oyidagi FIFA kunlaridan har kim turlicha foydalandi.

Ko'plab jamoalar o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushgan bo'lsa, bazi jamoalar AFF (ASEAN futbol federaciyasi), SHarqiy Osiyo chempionatlarida ishtirok etishdi. Quyida Osiyo Kubogining har bir guruhiga alohida to'xtalgan holda noyabr oyida jamoalar o'tkazgan o'yinlar haqida malumot beramiz. 



"A" guruhi: BAA, Tailand, Hindiston, Bahrayn. 

BAA
Musobaqa mezboni BAA terma jamoasi ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi. Jamoa Boliviya bilan durang qayd etgan bo'lsa, keyingi bahsda Livanni mag'lub etdi.
16 noyabr. BAA - Boliviya 0:0 (O'rtoqlik uchrashuvi)
20 noyabr. BAA - Livan 2:0 (O'rtoqlik uchrashuvi) 

TAILAND
Tailand terma jamoasi AFF chempionatida qatnashyapti. Bu jamoa Indoneziyani mag'lub etib, Filippin bilan durang o'ynadi. 

17 noyabr. Tailand - Indoneziya 4:2 (AFF chempionati)
21 noyabr. Filippin - Tailand 1:1 (AFF chempionati) 

HINDISTON
Hindiston bu oyda faqat bitta uchrashuvda ishtirok etdi. Iordaniya bilan kechgan bellashuvda ular yutqazib qo'yishdi. 

17 noyabr. Iordaniya - Hindiston 2:1 (O'rtoqlik uchrashuvi) 

BAHRAYN
Bahrayn ham ikkita o'yinda maydonga tushishi kutilgandi, biroq Quvayt bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazildi. Ummonga qarshi bahsda esa jamoa imkoniyatni boy berdi.
15 noyabr. Quvayt - Bahrayn (o'tkazilmadi)
19 noyabr. Ummon - Bahrayn 2:1 (O'rtoqlik uchrashuvi)



"V" guruhi: Avstraliya, Suriya, Falastin, Iordaniya. 

AVSTRALIYA
Musobaqa favoritlaridan biri Avstraliya avvaliga Janubiy Koreyaga qarshi durang qayd etib, keyingi bahsda Livanni 3:0 hisobida mag'lub etdi. Mana shu o'yinda Tim Keyxill terma jamoa bilan xayrlashdi.
17 noyabr. Avstraliya - Janubiy Koreya 1:1 (O'rtoqlik uchrashuvi)
20 noyabr. Avstraliya - Livan 3:0 (O'rtoqlik uchrashuvi) 

SURIYA
Suriya terma jamoasi ham bu oyda ikkita nazorat bahsi o'tkazdi. Jamoa Ummon bilan durang o'ynab, so'ngra Quvaytdan ustun keldi.
16 noyabr. Ummon - Suriya 1:1 (O'rtoqlik uchrashuvi)
20 noyabr. Quvayt - Suriya 1:2 (O'rtoqlik uchrashuvi)

FALASTIN
Falastinga qoyil, ikkita o'yin o'tkazdi. Dastlab Pokistonni mag'lub etgan jamoa keyingi o'yinda Xitoy bilan durang o'ynadi.
16 noyabr. Falastin - Pokiston 2:1 (O'rtoqlik uchrashuvi)
20 noyabr. Xitoy - Falastin 1:1 (O'rtoqlik uchrashuvi) 

IORDANIYA
Iordaniya terma jamoasi bu oyda Hindistondan ustun keldi va Saudiya Arabistoni bilan durang qayd etdi.
17 noyabr. Iordaniya - Hindiston 2:1 (O'rtoqlik uchrashuvi)
20 noyabr. Iordaniya - Saudiya Arabistoni 1:1 (O'rtoqlik uchrashuvi)


"S" guruhi: Janubiy Koreya, Xitoy, Qirg'iziston, Filippin.

JANUBIY KOREYA
Janubiy Koreya yangi murabbiy qo'l ostida mag'lubiyatsiz seriyasini davom ettirmoqda. Avstraliya bilan durang o'ynagan jamoa keyingi o'rtoqlik uchrashuvida bizni 4:0 hisobida mag'lub etdi.
17 noyabr. Avstraliya - J.Koreya 1:1 (O'rtoqlik uchrashuvi)
20 noyabr. O'zbekiston - J.Koreya 0:4 (O'rtoqlik uchrashuvi) 

XITOY
Xitoy bitta o'yin o'tkazdi va Falastin bilan 1:1 hisobini qayd etdi.
20 noyabr. Xitoy - Falastin 1:1 (O'rtoqlik uchrashuvi) 

QIRG'IZISTON
Yon qo'shnilarimiz Qirg'iziston ham bitta o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Yaponiya bilan kechgan bahsda yirik mag'lubiyat qayd etildi.
20 noyabr. Yaponiya - Qirg'iziston 4:0 (O'rtoqlik uchrashuvi) 

FILIPPIN
AFF chempionatida qatnashayotgan Filippin terma jamoasi bir hafta ichida uchta o'yin o'tkazdi.
13 noyabr. Filippin - Singapur 1:0 (AFF chempionati)
17 noyabr. Timor-Leste - Filippin 2:3 (AFF chempionati)
21 noyabr. Filippin - Tailand 1:1 (AFF chempionati)




"D" guruhi: Eron, Iroq, Vetnam, Yaman. 

ERON
Eron terma jamoasi bu oyda ikkita o'rtoqlik uchrashuvida ishtirok etdi. Karlush Keyrush shogirdlari bitta g'alaba va bitta durang qayd etishdi.
15 noyabr. Eron - Trinidad va Tobago 1:0 (O'rtoqlik uchrashuvi)
20 noyabr. Eron - Venesuela 1:1 (O'rtoqlik uchrashuvi) 

IROQ
Boliviya bilan kuch sinashgan Iroq terma jamoasi durang o'ynadi.
20 noyabr. Iroq - Boliviya 0:0 (O'rtoqlik uchrashuvi)

VETNAM
Vetnam ham AFF chempionatida qatnashyapti. Bu jamoa Malayziyani mag'lub etib, Myanmani enga olmadi.
16 noyabr. Vetnam - Malayziya 2:0 (AFF chempionati)
20 noyabr. Myanma - Vetnam 0:0 (AFF chempionati)

YAMAN
Bu oyda ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazgan Yaman terma jamoasi ikkala o'yinni ham boy berdi. Lekin jamoa Saudiya Arabistoni va BAAga qarshi maydonga tushdi.
16 noyabr. Saudiya Arabistoni - Yaman 1:0 (O'rtoqlik uchrashuvi)
20 noyabr. BAA - Yaman 2:0 (O'rtoqlik uchrashuvi) 



"E" guruhi: Saudiya Arabistoni, Qatar, Livan, KXDR.

SAUDIYA ARABISTONI
Musobaqa favoritlaridan biri Saudiya Arabistoni dastlab Yamanni engdi va ikkinchi bahsda Iordaniya bilan durang qayd etdi.
16 noyabr. Saudiya Arabistoni - Yaman 1:0 (O'rtoqlik uchrashuvi)
20 noyabr. Iordaniya - Saudiya Arabistoni 1:1 (O'rtoqlik uchrashuvi) 

QATAR
Qatar terma jamoasi bu oyda Evropaning ikkita jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Sensacion tarzda SHveycariyani mag'lub etgan qatarliklar keyingi o'yinda Islandiya bilan durang o'ynashdi.
14 noyabr. SHveycariya - Qatar 0:1 (O'rtoqlik uchrashuvi)
19 noyabr. Qatar - Islandiya 2:2 (O'rtoqlik uchrashuvi) 

LIVAN
Livan dastlab biz bilan 0:0 o'ynadi, keyin esa Avstraliyaga yirik hisobda imkoniyatni boy berdi.
15 noyabr. O'zbekiston - Livan 0:0 (O'rtoqlik uchrashuvi)
20 noyabr. Avstraliya - Livan 3:0 (O'rtoqlik uchrashuvi) 

KXDR
KXDR terma jamoasi SHarqiy Osiyo chempionatida ishtirok etmoqda. Bu jamoa olti kun ichida uchta bahsda maydonga tushdi.
11 noyabr. KXDR - Mo'g'uliston 4:1 (SHarqiy Osiyo chempionati)
13 noyabr. Gonkong - KXDR 0:0 (SHarqiy Osiyo chempionati)
16 noyabr. Xitoy Taypeyi - KXDR 0:2 (SHarqiy Osiyo chempionati) 



"F" guruhi: Yaponiya, O'zbekiston, Ummon, Turkmaniston. 

YAPONIYA
Osiyo Kubogini yutishga loyiq jamoalardan biri Yaponiya Venesuela bilan durang qayd etdi va keyingi bellashuvda Qirg'izistonni yirik hisobda mag'lubiyatga uchratdi.
16 noyabr. Yaponiya - Venesuela 1:1 (O'rtoqlik uchrashuvi)
20 noyabr. Yaponiya - Qirg'iziston 4:0 (O'rtoqlik uchrashuvi) 

O'ZBEKISTON
O'zbekiston terma jamoasi bu oy ikkala o'yinda ham muxlislar tabini xira qildi. Livan darvozasiga to'p kirita olmagan jamoa keyingi bahsda Janubiy Koreyadan javobsiz to'rtta gol o'tkazib yubordi.
15 noyabr. O'zbekiston - Livan 0:0 (O'rtoqlik uchrashuvi)
20 noyabr. O'zbekiston - J.Koreya 0:4 (O'rtoqlik uchrashuvi) 

UMMON
Ummon ham ikkita nazorat bahsida ishtirok etdi. Suriya bilan durang o'ynagan jamoa Bahrayndan 2:1 hisobida ustun keldi.
16 noyabr. Ummon - Suriya 1:1 (O'rtoqlik uchrashuvi)
19 noyabr. Ummon - Bahrayn 2:1 (O'rtoqlik uchrashuvi)

TURKMANISTON
Eng qizig'i, Osiyo Kubogi-2019 qatnashchilari orasida faqat Turkmaniston o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazmayapti. Bu jamoa bahordan beri umuman yig'ilgani yo'q.


Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика