FIFA korrupciya ishi bo'yicha 22 oylik tekshiruvni yakunladi
31 mar 2017 16:41
Yangiliklar
FIFA korrupciya ishi bo'yicha 22 oylik tekshiruvni yakunladi
FIFA 2015 yilning iyun oyida boshlangan 22 oylik korrupciya mojarosi ishini yakunladi.
Barcha malumotlar AQSH va SHveycariya hukumatiga jo'natildi.
2015 yilning may oyida Cyurixda tashkilotning mansabdor shaxslari qo'lga olinganda ushbu shov-shuvli mojaro boshlangan edi. 14 kishi 150 mln. evro miqdorida pora olganlikda ayblandi.
FIFAning malum qilishicha, 2,5 mln.dan ortiq hujjatlar ko'rib chiqilganidan so'ng hisobot 1300 varoqdan ko'proq bo'ldi. FIFA joriy yilning aprel oyida bu borada bayonot beradi.
"Biz 22 oy davom etgan tekshiruvni yakunladik" - deydi FIFA prezidenti Janni Infantino.
Fikrlar