FIFA: Hakamlarning yoshiga nisbatan cheklov olib tashlandi
20 dek 2014 18:16
Yangiliklar


FIFA: Hakamlarning yoshiga nisbatan cheklov olib tashlandi
FIFA Ijroiya qo'mitasi hakamlarning yoshiga nisbatan qo'yilgan cheklovni olib tashladi.
SHu paytgacha hakamlar 45 yoshga to'lgach professional faoliyatlarini
yakunlashlari shart edi. FIFA rasmiy saytining xabariga ko'ra, Marokashning
Rabot shahrida bo'lib o'tgan Ijroqo'm yig'ilishida hakamlarga 45 yoshga
to'lgandan keyin ham ishlashga ruxsat berildi.
Faqat buning uchun ular FIFAning hakamlar Qo'mitasi tomonidan har yili majburiy ravishda tekshiruvdan o'tishlari shart. Tibbiy ko'rik va fitnes-test natijalariga qarab, hakamlarning qo'liga hushtak olish yoki olmasligi malum qilinadi.

Fikrlar