So’nggi yangiliklar

19:38"Ливерпуль" Исакни қўлга киритиш йўлидаги ҳаракатини тўхтатмаяпти  1 19:10Туанзебе "Манчестер Юнайтед"ни судга берди  0 18:42"Милан" таркибни швейцариялик ҳужумни билан тўлдирмоқчи   0 18:15Каррерас: "Реал"ни бола сифатида тарк этиб, эркак бўлиб қайтдим"  2 17:49Сардор Рашидов катта футболга қайтди  15 17:40Аббос Файзуллаев Туркияга йўл олишга яқин   10 17:23"Мальорка" "Барселона"дан ярим ҳимоячи сотиб олди  2 16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  9 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  4 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  3 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0

FIFA “Evropa Premer-ligasi” turnirini tashkil etmoqchi, MYU va “Liverpul” esa bunga rozi Yangiliklar

FIFA “Evropa Premer-ligasi” turnirini tashkil etmoqchi, MYU va “Liverpul” esa bunga rozi

Evropaning top chempionatlaridagi grand klublar ishtirokida yangi musobaqa tashkil etish borasida muzokaralar olib borilmoqda.

Sky Sports manbasi bo'yicha, unda qatnashish uchun “Liverpul” va “Manchester Yunayted” rozilik bildirdi.

“Evropa Premer-ligasi” nomi ostida o'tadigan yangi musobaqa 2022 yil mavsum o'rtalarida boshlanib, FIFA nomi ostida o'tishi rejalashtirilgan. Manbaga ko'ra, unda 18 ta klub bo'ladi.

"Barselona", "Atletiko", "Real", "Bavariya", "PSJ", "Yuventus" kabi Angliya, Franciya, Germaniya, Ispaniya va Italiyaning o'nga yaqin klublariga ham musobaqada ishtirok etish borasida taklif yuborilgan.

Turnirda beshta ingliz klubi qatnashishi mumkin. Qayd etilishicha, ushbu masalada “Manchester Siti”, “Tottenxem”, “CHelsi” va “Arsenal” vakillari bilan muhokama qilingan.

Hozirda homiylarni izlash ishlari olib borilmoqda va bu JP Morgan banki bo'lishi kutilmoqda. Evroligani yaratish uchun zarur bo'lgan mablag' esa 6 mlrd evroni tashkil qiladi.

FIFA va UEFA ushbu malumotlarga izoh berishdan bosh tortgani aytilmoqda.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика