So’nggi yangiliklar

21:35МЮда мавсумнинг энг яхши ўйинчиси аниқланди  0 21:11Хосеп Гвардиола: "Албатта, биз Англия кубогини қўлга киритишни истаймиз, аммо бу биз учун етарли эмас"  1 21:00Суперлига. "Сурхон" – "Сўғдиёна" (матнли трансляция)  14 20:43Хёйсен "Реал" билан 5 йиллик шартнома имзолайди  11 20:20"Атлетико" 55 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  28 19:50УЕФА Чемпионлар Лигаси йўлланмаси учун жиддий кураш. "Чипта" битта — даъвогар эса иккита  7 19:44"Сурхон" — "Сўғдиёна". Асосий таркиблар маълум  2 18:57Лапорта "Барселона" президентлигига қайта сайланмоқчи  9 18:28"Насаф" етакчисига нима бўлди?  7 18:10Анчелотти атайин "Реал"ни мағлубият томон етакладими?  23 17:49Кристофер Нкунку муҳим ўйинларда етарлича ўйин амалиётига эга бўлмагани туфайли "Челси"дан кетмоқчи  1 17:25Харри Кейн "Тоттенхэм"га қарши курашади  0 17:00"Ливерпуль" "Бавария" шартнома имзоламоқчи бўлган немисни илиб кетишга яқин  2 16:39Месси Аргентинанинг июнь ойидаги ўйинлари учун таркибга киритилди  2 16:06"Милан" ҳимоячиси "Реал"га ўз хизматларини таклиф қилди  1

FIFA 65 kongressining 1 qismi yakunlandi Yangiliklar

FIFA 65 kongressining 1 qismi yakunlandi

Ayni damda SHveycariyaning Cyurix shahrida FIFA prezidentiligi saylovi uchun kongress bo'lib o'tmoqda.
12:55
FIFA prezidenti Yozef Blatter nutq so'zladi
"Hozirda FIFA uchun qora kunlar boshlandi. Bu voqealar (korrupciya tufayli qo'lga olishlar) futbol nomiga sharmandalik keltirdi. Biz futbol va FIFA nomi bulg'alishiga yo'l qo'ymasligimiz kerak" - deydi Blatter.
Ushbu nutqdan so'ng zalda Blatterga qarshi bo'lgan inson uzoqdan bir nimalar deya baqirib etiroz bildirdi. Blatter qo'riqchilar yordamida ushbu insonni zaldan chiqarib yubordi.

13:02
Saylovda ishtirok etuvchi mamlakat futbol federaciyalari birma-bir sanab chiqilmoqda.

13:10 Hozircha 209 mamlakat federaciyalarini sanash davom etyapti. FIFA prezidentligi uchun faqat ikki davogar mavjud: Yozef Blatter (amaldagi FIFA prezidenti) va Ali Al-Hussayn (Iordaniya shahzodasi, FIFA ijro qo'mitasi vakili, Iordaniya futbol federaciyasi prezidenti)

13:12 O'zbekiston nomi ham ushbu davlatlar ichida sanab o'tildi.

13:15 FIFA kongressda 209 mamlakat azolari ishtirok etayotganini tasdiqladi

13:21 Ayni damda davom etayotgan FIFA kongressida O'FF matbuot xizmati boshlig'i Sanjar Rizaev va O'FF bosh kotibi Sardor Rahmatullaev ham ishtirok etmoqda.

13:29 Suratdagi rejaga ko'ra, kongressning oxirgi qismida FIFA prezidentligi uchun saylov bo'lib o'tadi.

13:35 FIFA prezidenti nutq so'zlamoqda.
"So'nggi kundagi sodir bo'lgan voqealar FIFA va kongressni sharmanda qilyapti. Biz obro'imizni tiklashga harakat qilamiz. FIFA botqoqda bo'lishiga yo'l qo'ymaymiz. Iflos ishlarga qo'l urganlar butun FIFA emas!
Biz birlashib, olg'a qadam tashlashda davom etishimiz shart. Futboldagi barcha 300 mln insonni boshqara olmaymiz. Erning 1,6 mlrd. aholisi futbol bilan shug'ullanadi, mashhurlik bor joyda javobgarlik darajasi oshib boradi" - deydi Blatter.
13:50 Blatter FIFAning hamkorlaridan biri "Koka-Kola"ga minnatdorchilik bildirdi. Hozircha "Koka-Kola" korrupciya borasida o'z fikrinii bildirgani yo'q.

13:53 2014 yildagi futbol musobaqalari haqida videorolik namoyish etilyapti.

13:58 Blatter JCH-2018 va JCH-2022 mezbonligini qo'lga kiritgan mamlakatlar haqida ham so'zladi: "Agar konvertlarda boshqa mamlakat mundialga mezbon bo'lishi yozilganda, hozir bu muammoga duch kelmagan bo'lar edik".


14:00 2015 yilda Kanadada ayollar o'rtasida bo'lib o'tadigan jahon chempionati haqida video taqdim etildi.

14:02 Jerom Valke Rossiyada o'tadigan JCH-2018 va Qatardagi JCH-2022 haqida malumot bermoqda.

14:05 Braziliyada o'tgan mundial borasida video namoyish etilyapti. Kongress hozircha rejaning 9 qismining oxiriga etib keldi.

14:10 Endi navbat FIFAning moliya ishlari bo'yicha hisobotiga

14:30 FIFA mansabdor shahslari moliyaviy hisobotlarni topshirishda davom etyapti. Hisobot davom etayotgan bir paytda keling ovoz berish tizim haqida eslatib o'tamiz. Ovoz berish sirli ravishda bo'lib o'tadi. FIFAning har bir federaciyasi azosida bitta ovoz bo'ladi. Evropada 53ta, Afrikada 54ta, Osiyoda 46ta, SHimoliy va Markaziy Amerikada 35ta, Janubiy Amerikada 10ta va Okenaiyada 11ta ovoz mavjud. Birinchi turda g'alaba qozonish uchun saylovchilarning 3dan 2 qismining ovozini yig'ish kerak. Ikkinchi turda g'alaba qozonish uchun raqibdan ko'proq ovoz yig'ishning o'zi etarli.


14:55 Kongressda tanaffus elon qilindi.



manba: facebook.com/sanjar.rizayev



Kecha Angliya futbol associaciyasi prezidenti Blatter FIFAda prezident bo'lib qolsa, Rossiyada o'tadigan JCH-2018ga boykot elon qilishini takidlagan.
Bugun tongda AQSHning CNN telekanali ushbu suratni namoyish etgan edi:

                                          YANGILASH



Oldinroq Braziliya futbol federaciyasi prezidenti FIFA kongressini tark etgan edi.

FIFA kongressining bugungi ish rejasi:




FIFA kongressini quyidagi havolada jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin: https://www.youtube.com/watch?v=GnwrvlctMMs
Eslatib o'tamiz, bir necha kun oldin FIFA mansabdor shahslari AQSH FQB tomonida korrupciyada ayblanib qo'lga olingan edi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика