Fidoyi inson xotirasini yodlab
10 may 2017 13:16
Yangiliklar
Fidoyi inson xotirasini yodlab
O'zbekiston istemol tovarlari ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko'rsatish tashkilotlari xodimlari kasaba uyushmasi Urganch shahar kengashi tashabbusi bilan uyushtirilgan mazkur xotira turniri ikki bosqichda tashkil etildi. Xususan, dastlabki bosqichda 19 ta jamoa maydonga tushdi. Ular orasidan omadli etti jamoa ikkinchi bosqichda uchrashuvlarni davom ettirdi.
Qizg'in kechgan o'yinlar natijasiga ko'ra, Urganch maishiy xizmat kasb-hunar kolleji(direktorii SH. Ruzmatova) jamoasi birinchi o'ringa sazovor bo'ldi. Urganch politexnika va kompyuter texnologiyalari kollejining mini futbolchilari ikkinchi o'rinni egallagan bo'lsa, 1-son Bolalar musiqa va sanat maktabi vakillariga uchinchi o'rin nasib qildi.
Musobaqaning yopilish marosimida qatnashgan O'zbekiston istemol tovarlari ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko'rsatish tashkilotlari xodimlari kasaba uyushmasi Urganch shahar kengashi raisi F. Baltaev g'olib va sovrindor jamoalarni erishgan muvaffaqiyati bilan qizg'in qutlab, tegishli darajadagi diplom va sovg'alar bilan taqdirladi.
Baxtiyor XUDAYBERGANOV,

O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar