FFF prezidenti Zidandan shaxsan uzr so'rashni istagan
10 jan 2023 23:15
Yangiliklar
FFF prezidenti Zidandan shaxsan uzr so'rashni istagan
Noel Le Grening Zidan haqidagi chiqishi katta shov-shuvga sabab bo'lgandi.
Franciya futbol federaciyasi rahbari Noel Le Gre yaqindagina aytgan so'zlari uchun Zinedin Zidandan shaxsan uzr so'rashni niyat qilgandi. Noel Le Gre dushanba kuni Zidanga qo'ng'iroq qilib, uzr so'ramoqchi bo'lgan. Ushbu qo'ng'iroq amalga oshganmi, yo'qmi bunisi noaniq. Zidanning o'zi vaziyat yanada keskinlashmasligi uchun bu holat bo'yicha izoh berish niyatida emas. Avvalroq, Le Gre o'z ishi uchun kechirim so'ragandi.
Eslatib o'tamiz, FFF rahbari Zidanning terma jamoaga kelish ehtimoli haqidagi mish-mishlar uni qiziqtirmasligi, qolaversa, ular o'rtasida telefon orqali suhbat bo'lganmi, deya berilgan savolga Le Gre francuz futboli afsonasi unga qo'ng'iroq qilsa, go'shakni ham ko'tarmasligini aytgandi.
Fikrlar