So’nggi yangiliklar

21:25Микель Артета "Ливерпул"га қарши ўйин ҳақида: "Орамиздаги фарқ унча катта эмас, "Арсенал"нинг исботлайдиган нарсалари бор"  0 21:15"Реал" билан ўйиндан аввал Гризман машғулотга чиқмади!  0 20:55Флетчер МЮни бошқариш таклифи берилгани ҳақида: "Хаёлимга келган биринчи нарса Фергюсон билан гаплашиш эди"  4 20:55Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик  91 20:25Opta "Арсенал"нинг АПЛ чемпионлигини қўлга киритиш эҳтимоллигини ҳисоблаб чиқди  1 19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  1 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  6 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  2 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  9 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  3 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   19

Fevzi Davletov: "Nimeli "Surxon"da o'ynagisi kelyaptimi yoki yo'qmi tushunib olishi kerak" Yangiliklar

Fevzi Davletov: "Nimeli "Surxon"da o'ynagisi kelyaptimi yoki yo'qmi tushunib olishi kerak"

Superliganing 11-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Surxon" (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida ishtirok etdi.




O'yin haqida

- Qiziqarli va tomoshabop uchrashuv guvohiga aylandik. Birinchi bo'limda uzun uzatmalar orqali o'ynashga urindik. Ikkinchi bo'limda esa poziciyalar bo'yicha himoyalandik. Yakka kurashlarga boy o'yin bo'ldi. Bayram bo'lishiga qaramasdan muxlislar har ikki jamoani juda yaxshi qo'llab-quvvatlashdi.

- Egor Krimec nega zaxiraga olindi?


- Jamoamiz sardori birinchi bo'limda jarohat oldi. SHu boisdan uni almashtirishga majbur bo'ldik.

- Nimeli nega maydonga tushirilmayapti?


- Siz mahalliy jurnalistsiz, "Neftchi"ga muxlislik qilasiz, shundaymi? Etibor bering, jamoa legionerlari maydonda borini berib harakat qilayapti. Legioner jamoa uchun o'ynashi kerak. Nimeli jamoada o'z kelajagi haqida o'ylasin, "Surxon"da o'ynagisi kelyaptimi yoki yo'qmi tushunib olishi kerak. Klub moliyaviy jihatdan barcha ishni qildi, ammo futbolchi tomonidan javob yo'q. Biz uni maydonga tushirishga tayyormiz, lekin u barcha uchun teng bo'lgan klub qarorlarini hurmat qilishi kerak.

- "Surxon" vodiydan ikkinchi bor vodiyning kuchli klublari maydonidan ochko olib ketayapti. Bu tayyorgarlik yaxshi bo'lganidan dalolatmi?


- "Navbahor" bilan o'yinda yaxshi himoyalandik, vaziyatlarga ega bo'lgandik. Bugun "Neftchi" bilan o'yinda yaxshi himoyalandik, biroq hujumdagi vaziyatlarimiz soni ko'p emasdi. Asosiy faktorlar sifatida darvozabonning yaxshi o'yini va himoyadagi tartibli o'yinni ko'rsatgan bo'lardim.

- "Surxon" qachon o'z maydoniga qaytadi?


- Bizga xabar berilishicha, stadion o'yinlarni qabul qilish uchun tayyor bo'lgan. Biroq, O'zPFLning bu borada o'z talablari bor. Delegaciya o'rganib chiqib, stadionni qabul qilsa, o'z maydonimizga qaytamiz.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика