So’nggi yangiliklar

18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  1 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  6 16:21"Лидс" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  9 15:46"Лацио" — "Наполи". Таркиблар маълум  1 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  2 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0 12:04Бу йил Суперлига "ёнади", декабрда ҳам ўйинлар бўлади  9

Fevzi Davletov: “Mag'lubiyatga loyiq emasdik” Yangiliklar

Fevzi Davletov: “Mag'lubiyatga loyiq emasdik”

O'zbekiston kubogi yarim final bosqichidan o'rin olgan “Andijon” - “Surxon” uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida ishtirok etdi.


O'yin haqida

- Uchrashuv davomida o'yin nazorati biz tomonimizda bo'ldi. Maydon holati og'ir edi, biroq shunday bo'lsa ham biz vaziyatlar yaratishga intildik. Birinchi bo'limda ham, ikkinchi bo'limda ham etarlicha imkoniyatlarimiz bo'ldi. Masalan Asilbek Jumaevning vaziyati biz uchun ijobiy tugaganida balki g'alaba qozonib ketishimiz ham mumkin edi. Penaltilar seriyasi bu - lotereya, omad kim tomonda bo'lsa, o'sha g'olib chiqadi.

- Penaltilar seriyasi uchun darvozabonni siz tanladingizmi?

- Ha, ikki kun mashg'ulotlar davomida ehtimoliy penaltilar seriyasi bo'yicha ham ishladik. Kim tayyor bo'lsa, o'sha futbolchiga imkoniyat beramiz.

- “Navbahor” bilan o'yindan farqli ravishda bugun rotaciyalarni amalga oshirdingiz. Buning sababi nimada?

- Biz dastlab “Paxtakor” va keyin “Navbahor” bilan o'ynadik. CHarchoqlar bo'lishi tabiiy. Poziciyalar bo'yicha turli futbolchilarni sinovdan o'tkazayapmiz. “Navbahor”ga qarshi o'yinda u qadar yorqin o'ynamagandik. Bugungi uchrashuvda esa mag'lubiyatga haqli emasdik deb o'ylayman. SHunaqasi ham bo'lib turadi.

- Kubok finalida “Andijon” va “Navbahor” o'ynaydi, vodiy derbisi. Bu uchrashuv haqida fikringiz?

- Kuchlisi g'alaba qozonsin.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика