So’nggi yangiliklar

03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  22 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  3 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0

Fevzi Davletov: "Jamoada hammasi yaxshi, faqatgina natija yo'q" Yangiliklar

Fevzi Davletov: "Jamoada hammasi yaxshi, faqatgina natija yo'q"

Superliga 3-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Andijon" (2:3) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida ishtirok etdi

- O'yin haqida

- O'yin biz kutganimizdek bo'ldi. O'yinga tayyorgarlik jarayonida raqib standart vaziyatlardan yaxshi foydalanishi bilgandik. Aynan standart vaziyatidan gol o'tkazib yubordik. Ayrim bir jihatlarda o'yinimiz o'xshamadi. Yo'q joydan penalti olib keldik. Hujumda agressivroq o'ynashimiz kerak edi.

- "Surxon" dastlabki uch uchrashuvda mag'lubiyatga uchradi. Bunga sabab nima deb o'ylaysiz? O'tgan mavsumdagi "Surxon"ni yo'qolib qolgandek.

- Optimal tarkib izlamoqdamiz va shu jarayon davomida xatolar qildik. Ruhiy tomonlama bosim ham bor. Xatolardan keyin o'yinga qaytish juda qiyin.

- Superliga kichik tanaffusga chiqadi. Jamoangizda kichik tanaffus davomida qanday o'zgarishlar qilmoqchisiz? Tanaffusdan keyin qanday "Surxon"ni ko'ramiz?

- Bugun yana qizil kartochka oldik. Egor Krimec uzoq tanaffusdan so'ng maydonga qaytgandi, ammo bugun qizil kartochka oldi. Yana yo'qotishga uchradik. Markaziy himoyada yo'qotishlarimiz bor. Kichik jarohatlar juda ko'p.

- Bunday yomon natijalardan keyin jamoadagi ichki muhit buzilish holatlari guvohi bo'lganmiz. Jamoangizdagi ichki muhit qanday?

- Jamoada hammasi yaxshi, faqatgina natija yo'q.




Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика