So’nggi yangiliklar

01:15Шешко сабабли МЮ ўз ҳужумчисидан воз кечмоқда  1 00:49Зидан келаси йили мураббийликка қайтиши кутилмоқда  0 00:17Шешко Каррингтонда  0 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" сафарда иродали ғалабага эришди, Шомуродов захирадан ўйинга қўшилди  29 23:31Рўзиқул Бердиев: "Охирги зарбани беришда совуққонлик етишмади"  8 23:20Максим Шацких: "Бугун ютишимиз ҳам, ютқазиб қўйишимиз ҳам мумкин эди"  4 22:55Here we go! "Барселона" асосий ҳимоячиси "Ал Насср"га ўтмоқда  0 22:40Баҳром Ҳайдаров: "Ҳар бир гапимиз баҳонага ўхшаб қоляпти"  3 22:08Виталий Левченко: "Биз ҳам "Қўқон-1912"га ёрдам қилдик"  7 21:58Суперлига. "Насаф" ўз уйида "Андижон" билан дуранг ўйнади  105 21:42Биласизми? "Нефтчи" бу йил сафар ўйинларида мағлуб бўлмади  2 21:24"Қўқон-1912" 3 ойдан бери ғалаба қозона олмаяпти  3 21:08Суперлига. "Нефтчи" сафарда "Қўқон-1912"ни қийинчилик билан мағлуб этди  19 20:45"Реал" 3 нафар футболчисига янги шартнома таклиф қилмайди  4 20:20Нестеров, Кападзе, Жепаров, Машарипов... Мирко Еличич ўз қўл остида ўйнаган футболчилардан иборат рамзий жамоа тузди  6

Fevzi Davletov: "Gol urganimizdan so'ng himoyaga yotib oldik. SHu xatomiz tufayli bugun g'alabani qo'ldan chiqardik" Yangiliklar

Fevzi Davletov: "Gol urganimizdan so'ng himoyaga yotib oldik. SHu xatomiz tufayli bugun g'alabani qo'ldan chiqardik"

Superliga 7-tur doirasida o'tkazilgan "Surxon" - "Dinamo" (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida ishtirok etdi

- O'yin haqida

- Birinchi bo'limni yaxshi o'tkazdik va ko'p vaziyatlar yaratdik. Ikkinchi bo'limda biroz o'zgarishlarga qo'l urdik va gol urdik ham. Gol urganimizdan so'ng himoyaga yotib oldik. Nega bunday qilganimizni bilmayman. Hisobda oldinga chiqib olganimizdan so'ng himoyaga yotib olish yaxshi emas. Bu bizga bosh og'riq bo'lmoqda.

- Jamoangiz goldan so'ng himoyaviy uslubga o'tayotganidan nolidingiz. Bunga sabab nima? Bosh murabbiy ko'rsatma bermayotgan bo'lsa, nega futbolchilar himoyalanishmoqda?

- Ushbu masalani hal etishimiz kerak. Bu bizning muammomiz. SHunigdek, yaratgan vaziyatlarimizdan yaxshi foydalana olmayapmiz.

- Silvanus Nimeli qachon safga qaytishi haqida malumot bersangiz? SHuningdek, so'ngi uchrashuvlarda yaxshi o'yin namoyish etayotgan Asadbek Karimov bugungi uchrashuvda kech maydonga tushdi. Karimovning asosiy tarkibdan joy olmaganiga sabab nima?

- Nimeli tiklanish jarayonida. Sekin astalik bilan o'z sport formasini tiklab bormoqda. Hujumchimiz tezroq safga qaytishiga umid qilamiz. Asabdek Karimovni ertaroq maydonga tushirishim kerak edi deb o'ylayman. SHu ishda biroz xatoga yo'l qo'ydim. Asabdek o'yinni kuchaytira olishi aniq edi, ammo biz kech qaror qabul qildik.

- O'yin davomida projektorlar uchib qoldi va uchrashuv bir muddatga to'xtatildi. Bu jamoangizga qanchalik zarar etkazdi?

- Aksincha, bu bizga yordam berdi. CHiroq o'chishiga qadar juda chuqur himoyaga yotib olgandik. Texnik tanaffusda biroz nafas rostlab oldik.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика