So’nggi yangiliklar

11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  2 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  2 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  5 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  7 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  5 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  11 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  2 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  9 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  11 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  29 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  33

Fevzi Davletov: "G'alabaga bo'lgan ishonch bizga natija keltirdi" Yangiliklar

Fevzi Davletov: "G'alabaga bo'lgan ishonch bizga natija keltirdi"

Superliganing 16-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Surxon" (2:3) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Og'ir o'yin bo'ldi. Maydonning holati ham unchalik yaxshi emasdi. Og'ir o'tgan o'yinda g'alabaga erishdik. Maydon chimi yaxshi bo'lmasa-da, tribunalardagi muhit ajoyib edi. Haqiqiy futbol oqshomi.

Birinchi bo'limning dastlabki daqiqalarida maydonga moslashish bo'yicha qiyinchiliklarga duch keldik. SHunday bo'lsa-da, bizda vaziyatlar yuzaga keldi. Bazi epizodlarda mezbonlar posboni yaxshi o'ynagan bo'lsa, yana boshqa imkoniyatlarimizda zarbalarga aniqlik etishmadi. Biroq, uchrashuvning birinchi bo'limida baribir gol urdik va tanaffusga g'alaba bilan chiqib ketdik.

Ikkinchi bo'lim ham qiyin kechdi. "Andijon" jamoasi standart vaziyatlarda yaxshi ishlashini bilardik. Ikkinchi golni kiritdik, biroq mezbonlar ham ikkita gol bilan javob berishdi. Xarakter ko'rsatib g'alabaga erishdik. Yigitlarga shijoatli futbol uchun minnatdorchilik bildiraman, ular g'alaba uchun oxirigacha kurashishdi. Bizni har doim hamma joyda qo'llab-quvvatlab kelayotgan muxlislarimizga raxmat.

- Abdug'afur Haydarovning o'yini sizda qanday taasurot qoldirdi?

- Abdug'afur juda ko'p kurashlarda ishtirok etdi va o'zini yo'qotib qo'ymadi. Uning o'yinidan qoniqdim, olqishlayman. O'yin davomida ko'p mehnat qildi.

- Hisob tenglashganida Championat.asia jurnalisti Abdulaziz Iskandarov telegram kanalida "Andijon-taym" haqida yozdi. "Bobur-arena"da "Andijon" kerak bo'lsa "Barselona"ni ham yutadi degan gaplar yuradi. Jamoangiz bugun nimaning evaziga g'alabaga erishdi?

- G'alabaga oxirigacha ishondik. SHu ishonch tufayli g'alabaga erishdik. Qiyin bo'lgani rost, "Andijon" jamoasi har doim havodagi ustunlikka ega bo'ladi. Biroq biz g'alaba uchun oxirigacha kurashdik va muhim natijani qayd etdik.

- "Surxon" O'zbekiston kubogi yarim finalida yana "Andijon" bilan o'ynaydi. Bu o'yin haqida fikringiz qanday?

- To'g'ri, biz kubok yarim finalida yana "Andijon" bilan o'ynaymiz. Xuddi shu o'yinni takroran ko'rmaysiz albatta. Mutlaqo boshqacha o'yin bo'ladi. CHunki "Andijon" jamoasi O'zbekiston kubogini yutish uchun jiddiy harakat qilmoqda. Ochig'ini aytsam, maydon holati og'ir. Bu maydonda futbolchilar bor darajalarini ko'rsatib bera olishmaydi. Imkoniyatlarni 50/50 baholayman.



Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика