So’nggi yangiliklar

14:40Чемпионлар лигаси янги мавсумида ўйналадиган тўп намойиш этилди  0 14:25Фламарион дубль қайд этганига қарамай, танаффусда захирага олинганига муносабат билдирди  3 13:45Неъматилло Қутибаев: "Тўғрисини айтаман, "ФарДУ" бизга нисбатан яхшироқ ўйнади"  0 13:37Шавкат Юсупов: "Вазиятлар устида кўпроқ ишлашимиз керак"  1 12:55Аналитика - футбол кўзгуси...  0 12:40Моуринью "Реал" футболчисини олиб келмоқчи. "Фенербахче" "Қироллик клуби" билан боғланди  0 12:10Абдурауф Бўриев кубок финалида қайси клуб билан тўқнаш келишни исташини айтди  1 11:54Бруну Саудия ва Америка клублари таклифларини кўриб чиқади  2 10:48Рубен Аморим: "Менимча, биз ҳали тайёр эмасмиз"  4 10:22АS. "Реал" АПЛдан футболчи олиб келишни режа қилмоқда  4 09:53ПСЖ "Манчестер Сити"нинг илк таклифини қабул қилмади  2 09:25"Нефтчи" икки нафар бразилиялик билан шартнома имзолади  5 08:54EЧЛ гуруҳ босқичини ҳал қилган "Қайрат" қанча ишлаб олди?  8 08:26EЧЛнинг 32 та жамоаси маълум  7 07:53"Қайрат" бош мураббийи тарихий натижадан сўнг нималар деди?  1

Fevzi Davletov: "Birinchi bo'limda ustunlikka erishgan bo'lsak ham, to'p raqib darvozasiga kirmadi" Yangiliklar

Fevzi Davletov: "Birinchi bo'limda ustunlikka erishgan bo'lsak ham, to'p raqib darvozasiga kirmadi"

Superliganing 15-turidan o'rin olgan "Surxon"-"Qizilqum" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida


- Og'ir o'yin o'tkazdik. Birinchi bo'limda imkoniyatlarimiz ko'proq bo'ldi, vaziyatlar yaratdik. Biroq, raqib darvozasiga to'p kirmadi. Tanaffusdan keyin "Qizilqum" vakillari o'yinni kuchaytirishdi. Bizda xatolar ko'zga tashlana boshladi. To'pni nazorat qilishgi intildik. Yuzaga kelgan imkoniyatdan foydalanib gol urdik va g'alabaga erishdik. 


Jamoa azolarini g'alaba uchun tabriklayman va olqishlayman. Uzoqdan kelib bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga raxmat aytaman.


- Farrux Ikromov almashtirilishiga jarohat sabab bo'ldimi? 


- Ha, u ozroq og'riq his qildi. SHu boisdan almashtirdik. Ertaga ko'rikdan o'tadi va u haqida aniq bilib olamiz. 


- "Qizilqum" jamoasining birinchi davradagi va hozirgi holati bo'yicha farq sezdingizmi? 


- Ha, jamoa o'yinida anchayin o'sish bor. Birinchi bo'limdagi ustunlik biz tomonda bo'ldi. Biroq ikkinchi bo'limda "Qizilqum" vakillari o'z o'yinlarini kuchaytirishdi. Og'ir g'alabaga erishdik. 


-"Surxon" O'zbekiston kubogi musobaqasida yarim finalga chiqdi. Jamoa maqsadi kubokka qaratilganmi yoki chempionatgami? 


- Biz har bir o'yinga g'alaba uchun tayyorlanamiz. Oldimizdagi har bir uchrashuv finaldek o'tadi, boshqacha yo'limiz yo'q.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика